Parvin Ardalan (; 1967-yilda Tehronda tugʻilgan) kelib chiqishi kurdlardan boʻlgan Eronning yetakchi ayollar huquqlari faoli, yozuvchi va jurnalist. 2007-yilda Eronda gender tengligi yoʻlidagi kurashi uchun Olof Palme mukofoti bilan taqdirlangan.

Faoliyati 1990-yillarda Ardalan Nushin Ahmadiy Xurosoniy bilan birga Ayollar madaniyat markazini (Markaz-e Farhangi-ye Zanan) tashkil etgan. Shundan beri ushbu tashkilot Erondagi ayollar muammolari boʻyicha fikr shakllantirish, ularni tahlil qilish va hujjatlashtirish markazi hisoblanadi. 2005-yildan beri tashkilot Erondagi ayollar huquqlari haqida ilk onlayn jurnal hisoblanmish „Zanestan“ jurnalini nashr etib kelmoqda. Ardalan esa ushbu jurnalda muharrir sifatida faoliyat olib boradi. Nashr nikoh, fohishalik, taʼlim, OITS va ayollarga nisbatan zoʻravonlik masalalarini yoritib kelgan.

Bir million imzo kampaniyasi Ardalan „Bir million imzo“ kampaniyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Ushbu kampaniya ayollar uchun taqdim etiladigan teng huquqlar, jumladan, ayollarga qarshi kamsituvchi qonunlarni oʻzgartirish orqali bir million imzo toʻplashga harakat qilgan. Kampaniya doirasida Ardalan zoʻravonlik bilan bostirilgan norozilik namoyishlarida ham ishtirok etgan. 2007-yilda u Nushin Ahmadiy Xurosoniy bilan birga ayollar huquqlari uchun kurashganligi sabab „milliy xavfsizlikka tahdid“ aybi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik yana 4 nafar ayollar huquqlari faoli ham xuddi shunday jazoga hukm qilingan.

Fuqaroligi 2012-yilda Shvetsiya Migratsiya agentligi Ardalanning Shvetsiyada doimiy yashash huquqini olishi boʻyicha qaror qabul qilgan. Ardalan Shvetsiyaga bundan 3 yil avval koʻchib borgan.

Mukofotlari Olof Palme mukofoti (2007-yil).

Manbalar

Havolalar youtube.com saytida Olof Palme mukofoti nutqi videosi Gender aparteidiga qarshi: Haideh Daragahining Parvin Ardalan bilan intervyusi

Turkum:Eronlik muxoliflar Turkum:Eronlik jurnalistlar Turkum:Eronlik ayollar huquqlari faollari Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Olof Palme mukofoti laureatlari Turkum:Tehrondan faollar Turkum:Tehrondan yozuvchilar Turkum:Tehrondan jurnalistlar Turkum:Eronlik feminist yozuvchilar