Alviy (, ) — Janubiy Osiyodagi Alilar naslidan boʻlgan musulmon jamoasi. Toʻrtinchi Roshidun xalifa, islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi, safdoshi va kuyovi Ali ibn Abu Tolibning avlodlaridir. Ular paygʻambarning qizi Fotimaning vafotidan keyin Alining boshqa xotinlarining nasabidan hisoblanadi. Sayyidlar esa Alining Fotima bilan nikohi orqali tugʻilgan avlodlaridir.

Muhammad ibn al-Hanafiyya, Abbos ibn Ali va Umar al-Atraf avlodlari Alvviylarga kiradi. Mos ravishda ularni Havla al-Hanafiya, Ummu al-Banin hamda Ummu Habib binti Robia (as-Sahbo) dunyoga keltirgan.

Yana qarang Alaviy (aniqlashtirish)

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Alaviylar Turkum:Muhajir jamoalari Turkum:Panjob qabilalari Turkum:Alilar