Narxoz Universiteti — Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan xususiy universitet. U iqtisodiyot, moliya, menejment va biznes, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi va huquq kabi yoʻnalishlarga ixtisoslashtirilgan. Universitet 1963-yilda „Olmaota Xalq Xoʻjaligi Instituti“ nomi bilan tashkil etilgan va 2016-yilda hozirgi nomini olgan. Universitet tarkibiga tayyorgarlik yoʻnalishlari boʻyicha 5 ta kasb-hunar maktabi, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-taʼlim departamentlari, kollej kiradi. Oʻqitish qozoq, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Tarixi 1963-yilda Sovet hukumatining qarori bilan 1963-yil 9-mayda „Olmaota xalq xoʻjaligi instituti“ tashkil etildi. 1993-yilda u „Qozogʻiston davlat boshqaruv akademiyasi“ deb oʻzgartirildi. 1999-yilda Astana shahrida yangi kampusi ochildi. Keyinchalik u mustaqil xususiy universitetga, „Qozoq iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universiteti“ga aylantirildi. 2001-yilda u Turor Risqulov nomidagi Qozogʻiston iqtisodiyot universiteti deb oʻzgartirilgan. 2016-yilda universitet oʻz nomini „Narxoz universiteti“ deb oʻzgartirdi.

Mashhur bitiruvchilari Данияр Талғатұлы Ақышев — Qozogʻiston Prezidentining maslahatchisi, bankir Қанат Алдабергенұлы Бозымбаев — Qozogʻistonlik siyosatchi, davlat va jamoat arbobi, tadbirkor Karim Masimov - Prezident Maʼmuryatining rahbari, davlat arbobi Aslan Musin — prezidentning ijroiya hokimiyati sobiq rahbari Kenes Rakishev — tadbirkor

Manbalar Turkum:Qozogʻistondagi universitetlar