Al-Balushiy (; muqobil shakllari: Baloushi, Balooshi, Bloushi, Blooshi yoki Beloshi) — Koʻrfaz arab davlatlari mamlakatlarida (asosan Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Bahrayn, Qatar, Sharqiy Saudiya Arabistoni va Janubiy Iroq) keng tarqalgan qabila familiyasi. Bu familiya Balochi yoki Baluchi atamasining arabchalashtirilgan shakli bo‘lib, odatda Balujistondan kelib chiqqan baluj ajdodlariga ishora qiladi.
Ushbu familiyani olib yuruvchi ko‘plab odamlar oʻz ajdodlarining kelib chiqishini Balujiston — hozirgi zamon janubi-gʻarbiy Pokiston, janubiy Afgʻoniston va janubi-sharqiy Eron hududidagi mintaqaga bogʻlaydi. Ajdodlari asosan 18-asrda Makron sohilidan kelgan. Aholining aksariyati arab tilida soʻzlashadi, ayrimlari esa oʻz ona tili boʻlmish baluj tilini saqlab qolgan. Ular asosan sunniy musulmonlardir.
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Arab tilidagi familiyalar Al Balushi Al Balushi Turkum:Nisbalar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari qabilalari Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Ummon qabilalari