Diana Hajiyeva (, , ; 1989-yil 13-iyunda tugʻilgan) — ozarbayjonlik xonanda va qoʻshiqnavis. U Dihaj guruhining aʼzosi va yetakchi vokalistidir. Ushbu guruh „Skeletons“ qoʻshigʻi bilan Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2017“ tanlovida ishtirok etib, 14-oʻrinni egallagan.
Biografiyasi Diana Hajiyeva Ukraina SSR tarkibidagi Mariupol shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa bilan shugʻullanib kelgan, fortepiano saboqlarini olgan va jazz musiqasiga qiziqqan. U „Bery Bach“ nomli musiqiy jamoa aʼzosi boʻlgan.
Keyinchalik u Boku musiqiy akademiyasini tamomlab, xor dirijyori mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan. Oʻqish yillarida u professional darajada jazz bilan shugʻullangan. Hozirda u Boku Jazz markazida faoliyat yuritib kelmoqda.
Diana Hajiyeva London shahrida yashagan va Zamonaviy musiqiy ijrochilik institutini tamomlagan.
2011-yilda u oʻzining ilk musiqiy klipi — „Find Yourself“ni chiqargan.
2014-yilda u oʻz nomidan olingan harflar asosida tashkil etilgan Dihaj triosini tuzgan. Guruh elektron musiqaga ixtisoslashgan.
U 2009-yilda Ali Nasirov bilan turmush qurgan. Ularning Savi ismli qizi bor.
Eurovision Diana Hajiyeva avval Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2011“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etish maqsadida saralashda qatnashgan. U saralash bosqichidan oʻtib, 77 ishtirokchi orasida yarim finalga chiqqan va oʻz guruhida 6-chi boʻlib chiqish qilgan. U 4-oʻrinni egallagan va finalga chiqish uchun yetarli boʻlgan natijadan 7 ball ortda qolib, musobaqadan chiqib ketgan.
2017-yilda u yana „Skeletons“ qoʻshigʻi bilan Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2017“ tanlovida ishtirok etgan va 26 ishtirokchi orasida 120 ball bilan 14-oʻrinni egallagan.
Karyerasi Diana Hajiyeva 2022-yil aprel oyida pianinochi Afgan Rasul bilan birgalikda Germaniyada oʻtkazilgan „Jazzahead 2022“ festivalida Ozarbayjon nomidan ishtirok etgan.
Diskografiyasi
Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom SWEHeat „I Break Again“ 2014 — rowspan="5" „Gecələr keçir“ 2015 — „Complain“ 2016 — „Eşqini aşagı sal“ — „Skeletons“ 2017 20
Manbalar
Turkum:Mariupolda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar