Valentina Monetta (1975-yil 1-mart) — san-marinolik xonanda. Xonanda eng koʻp Eurovision qoʻshiq tanlovi tanlovida , , va yillarda himoya qilgani bilan tanilgan. 2014-yilgi tanlovda Monetta San-Marino tarixida ilk bor final bosqichiga yoʻllanma olgan ishtirokchiga aylandi.
Dastlabkiu hayoti va taʼlimi
Valentina Monetta 1975-yil 1-martda San Marino shahrida italiyalik ota va san-marinolik onaning oilasida tugʻilgan. U oiladagi ikki farzandning kenjasi hisoblanadi. Valentina bolaligidan pianino chalish va vokal boʻyicha taʼlim olgan. Keyinchalik Italiyaning Rimini shahridagi Giovanni da Rimini maktabini tamomlagan.
Shundan soʻng u ikki yil davomida Accademia di Belle Arti di Bolognada tahsil olgan. Keyinchalik Martina Grossi rahbarligida da uch yillik jazz vokali kursini tamomlagan.
Faoliyati
1995–2011: Faoliyatining boshlanishi
Monetta 1995-yilda Tiberio guruhi tarkibida ijodiy faoliyatini boshlagan. Keyinchalik u Parafunky, Harem-B va My Funky Valentine kabi bir qator musiqiy guruhlar bilan hamkorlik qilgan. 2001-yilda u televizion qoʻshiqchilik tanlovi boʻlgan „Popstar“ dasturining navbatdagi mavsumida ishtirok etgan. 2006-yilda Valentina „2black“ diskografik loyihasida qatnashgan va Papa Winnie bilan hamkorlikda yozilgan „Vai“ singlini chiqargan.
Manbalar