Rudi José Garcia (1964-yil 20-fevralda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Belgiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Garcia professional faoliyatini „Lill“ klubida boshlagan va keyinchalik Fransiyaning boshqa bir qancha jamoalarida ham toʻp surgan. Murabbiy sifatida u „Lill“, „Roma“, „Marsel“, „Lion“, „An-Nassr“ va „Napoli“ kabi klublarga ustozlik qilgan. Garcia 2025-yilda Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Yoshlik davri Rudi Garcianing otasi José ispaniyalik muhojir boʻlib, „Sedan“ va „Dunkerque“ jamoalarida professional darajada futbol oʻynagan. Uning bobosi va buvisi Ispaniya fuqarolar urushi paytida Andalusiyani tark etib, Ardennes mintaqasiga koʻchib ketgan„Rudi García the right call at Roma“ by James Horncastle, ESPN FC, 15 June 2013. Garciaga germaniyalik velosipedchi Rudi Altig sharafiga ism qoʻyilgan.
1992–1994-yillar oraligʻida Garcia universitetga oʻqishga kirib, Orsayda DEUG va STAPS darajalarini, shuningdek, yoshlar tayyorlash markazini boshqarish huquqini beruvchi fransuzcha malaka sertifikatlarini qoʻlga kiritgan.
Klubdagi faoliyati José Garcia mahalliy Corbeil-Essonnes jamoasining murabbiyi boʻlganida, u oʻgʻlini jamoaga jalb qilgan va u yerda Rudi kadet darajasigacha oʻynagan. Corbeil-Essonnesda milliy kadetlar jamoasi yoʻqligi sababli, Rudi Viry-Châtillon jamoasiga qoʻshilgan. U bakalavr darajasini olganida 18 yoshda edi va Lill bilan shartnoma imzolagan. U yerda ikki yil davomida oʻrinbosarlar jamoasida va toʻrt yilni professional jamoa tarkibida oʻtkazdi.
Hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan Garcianing „Lill“ uchun birinchi goli diqqatga sazovor boʻlgan. 1984-yil dekabr oyida Lill Paris Saint-Germain bilan toʻqnash kelish uchun Parc des Princesga yoʻl olgan. Oʻyin 2:2 hisobida durang boʻlgan vaqtida Garcia gol urib, jamoasinin gParij klubi ustidan gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshgan.
„Lill“ klubidan soʻng Garcia „Kaan“ jamoasiga qoʻshilgan. Yangi klubida unga Robert Nouzaret va Daniel Jeandupeux murabbiylik qilgan. 1991-yilda u Normandiya klubi bilan shartnoma imzolashdan koʻra, Martigga qoʻshilishni afzal koʻrdi. Bel va tizzasidagi jiddiy jarohatlar uni 1992-yilda 28 yoshida professional futbolni tark etishga majbur qildi.
Murabbiylik faoliyati
Belgiya 2025-yil 24-yanvarda Garcia Domenico Tedesco oʻrniga Belgiya milliy futbol terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati yakunigacha moʻljallangan shartnomani imzolagan. Garcia boshqaruvidagi Belgiya terma jamoasining dastlabki ikki uchrashuvi UEFA Millatlar ligasining Ukraina termasiga qarshi pley-off bosqichining oʻtish oʻyinlariga toʻgʻri keldi; uning jamoasi dastlabki oʻyinda 3:1 hisobida yutqazib, ikkinchisida 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va umumiy 4:3 hisobi bilan gʻalabani qoʻlga kiritib, jamoasini B ligasiga tushib ketishdan saqlab qoldi.
Boshqaruv uslubi Garcia oʻzining afzal koʻrgan oʻyin uslubini „toʻpga egalik qilish, hujum qilish, toʻpni qaytarib olgandan soʻng tezkor qarshi hujumga asoslangan oʻyin va eng muhimi, jamoaviy ruhga ega boʻlish“ deb taʼriflagan. U texnik va taktik intizom va tashkillashtirishni qadrlaydi, ammo oʻz oʻyinchilarini oʻzlarini koʻrsatishlariga undaydi.
Media faoliyati Garcia CanalSatellite uchun avval oʻyindan keyingi intervyular uchun muxbir, keyin esa studiya eksperti sifatida ishlagan.
Shaxsiy hayoti Garcianing Karla, Eva va Lena ismli uchta qizi bor. 2014-yildan beri u italiyalik sport jurnalisti Francesca Brienza bilan munosabatda. Francesca Garcianing Giallorossilar klubida murabbiy boʻlgan vaqtida AS Roma telekanalida ishlagan. 2023-yil iyun oyida ular birinchi farzandini kutayotganliklarini eʼlon qilishgan.
2015-yil yanvar oyida Parijdagi Charlie Hebdo otishmasidan soʻng, Garcia matbuot anjumanida barcha jurnalistlarga ramziy qalamlar ulashib, shunday dedi: „Parijda sodir boʻlgan voqea erkinlikka hujum edi. Ammo qadriyatlar oʻzgarmasligi kerak, bu erkinlik abadiy davom etishi kerak“.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:AS Corbeil-Essonnes (futbol) futbolchilari Turkum:ES Viry-Châtillon futbolchilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Stade Malherbe Caen futbolchilari Turkum:FC Martigues futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Fransiyalik futbol murabbiylar Turkum:Liga 1 murabbiylari Turkum:Liga 2 murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:AS Corbeil-Essonnes (futbol) murabbiylari Turkum:AS Saint-Étienne murabbiylari Turkum:Dijon FCO murabbiylari Turkum:Le Mans FC murabbiylari Turkum:Lille OSC murabbiylari Turkum:AS Roma murabbiylari Turkum:Olympique de Marseille murabbiylari Turkum:Olympique Lyonnais murabbiylari Turkum:Al-Nassr FC murabbiylari Turkum:SSC Napoli murabbiylari Turkum:Belgiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari