DATA xalqaro maktabi () — O'zbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan xususiy ta'lim muassasasi. 2024-yilda tashkil etilgan maktab 1–11-sinflar bo'yicha umumiy o'rta ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi hamda IT texnologiyalari va xorijiy tillar yo'nalishlariga ixtisoslashgan. Maktab 400 nafargacha o'quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lib, Xorazm viloyatidagi zamonaviy xususiy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Maktab "DATA TA'LIM STANSIYASI" MChJ tarkibida faoliyat yuritadi va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining №393364-raqamli litsenziyasiga ega.

Tarix

Asos solish davri (2019–2024) DATA ta'lim markazi 2019-yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tadbirkor va ta'lim faoli Shahzod Sabirov tomonidan tashkil etilgan. Sabirov keyinchalik "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohibiga aylangan. Markaz dastlabki faoliyatini IT texnologiyalari va xorijiy tillar yo'nalishlaridagi kurslar bilan boshlagan.

2019–2024-yillar oralig'ida markaz 16 000 nafarga yaqin yoshlarning kasb-hunar egallashi va xorijiy tillarni o'rganishiga hissa qo'shdi. Ushbu davr mobaynida markaz Xorazm viloyatidagi eng yirik va nufuzli ta'lim markazlaridan biriga aylandi.

2023-yil 31-martda va 2025-yil 1-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev DATA ta'lim markazlarining faoliyati bilan tanishdi. Birinchi uchrashuvda ta'lim stansiyasidagi jarayonlar onlayn rejimda namoyish etildi, ikkinchi uchrashuvda esa maktab loyihasi va kengayish rejalari taqdim etildi.

Maktab ochilishi (2024) 2024-yil boshida DATA markazi birinchi maktabini Urganch tumanida, Oyoqbo'g' MFYda ochish qarorini qabul qildi. 2024-yil 12-sentyabrda maktab O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan №393364-raqamli litsenziya oldi va rasmiy ta'lim faoliyatini boshladi.

Maktab ochilishi bilan Xorazm viloyatida birinchi marta xalqaro standartlarga mos, zamonaviy texnologiyalar bilan to'liq jihozlangan xususiy ta'lim muassasasi faoliyat boshladi.

Davlat e'tirofi (2023–2025) DATA faoliyati yuqori davlat darajasida e'tirof etilgan. Bosh vazir Abdulla Aripov, Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Urazbaev va qator vazirlar maktabni ko'rib chiqdi.

Ta'lim dasturi

Umumiy ta'lim tizimi DATA xalqaro maktabi 1-sinfdan 11-sinfgacha to'liq umumiy o'rta ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi. Ta'lim jarayoni o'zbek va rus tillari guruhlarida tashkil etiladi; ingliz tili barcha o'quvchilar uchun kuchaytirilgan yo'nalish sifatida o'qitiladi. Sinf sig'imi 20–24 nafar o'quvchi bilan cheklangan bo'lib, bu har bir bolaga individual e'tibor berishni ta'minlaydi.

O'quv yili sentyabrning birinchi kunidan iyunning oxirigacha (10 oy) davom etadi. Darslar haftasiga 5 kun, dushanba–juma kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha o'tkaziladi. Har bir dars 45 daqiqa.

Ixtisoslashuv O'quv dasturining 56% ixtisoslashgan uchta fanga ajratilgan:

Matematika (23%) — 1-sinfdan 11-sinfgacha yagona tizim asosida: boshlang'ich sinflarda arifmetika, o'rta sinflarda algebra va geometriya, yuqori sinflarda SAT/OTM darajasidagi masalalar; olimpiadalarga tayyorlov. Ingliz tili (23%) — CEFR (A1–C1) tizimi asosida; 11-sinfni tamomlagan o'quvchilar IELTS 6.0–7.5+ darajasini maqsad qiladi; maktab rasmiy IELTS test markazi hisoblanadi. Axborot texnologiyalari (10%) — boshlang'ich sinflarda mantiqiy fikrlash, o'rta sinflarda Python va JavaScript, yuqori sinflarda full-stack dasturlash, Sun'iy intellekt asoslari va startap loyihalari.

Qolgan 44% 12 ta umumta'lim faniga (ona tili va adabiyoti, tarix, biologiya, kimyo, fizika, geografiya, san'at, jismoniy tarbiya va boshqalar) ajratilgan.

Xalqaro metodikalar Maktab ta'lim dasturini ishlab chiqishda Finlandiya, AQSh va Singapur tajribalaridan foydalangan. Quyidagi ilg'or metodikalar qo'llaniladi:

Outcome-Based Education (OBE) — natijaga yo'naltirilgan ta'lim. Competency-Based Learning (CBL) — kompetensiya asosida ta'lim; har bir o'quvchi o'z sur'atida rivojlanadi. Project-Based Learning (PBL) — amaliy loyihalar orqali bilimni mustahkamlash. STEAM Education — Fan, Texnologiya, Muhandislik, San'at va Matematika integratsiyalashgan holda o'qitiladi. Montessori metodikasi — 2027–2028 o'quv yilidan boshlab boshlang'ich sinflarda (1–4-sinflar) joriy qilinishi rejalashtirilgan.

11 yillik ta'lim yo'l xaritasi Maktab har bir sinf uchun aniq ta'lim maqsadlari belgilagan: 1-sinfda maktab hayotiga moslashish, 5-sinfda akademik jiddiylik, 8-sinfda xalqaro sertifikatga tayyorgarlik, 11-sinfda universitet tanlash.

Akkreditatsiya va tan olinish

Xalqaro akkreditatsiyalar

CIS (Council of International Schools) a'zoligi — Maktab 2024-yilda Xalqaro Maktablar Kengashiga nomzod sifatida qo'shilgan. CIS 122 mamlakatdagi 1530 dan ortiq maktab va universitetni birlashtiradigan notijorat tashkilot. O'zbekiston bo'yicha Xiva shahridagi Prezident maktabi to'liq a'zo bo'lsa, DATA nomzod maqomida.

Cambridge Assessment International Education — Maktab "Cambridge School" statusini olish uchun ariza topshirgan va ikki bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan.

"Cyberpark" rezidentligi — 2024-yilda Xorazm viloyatida birinchi bo'lib "Cyberpark" texnologik parkining rezidenti bo'ldi. Shu ekotizimga INHA University in Tashkent va Turin Polytechnic University in Tashkent ham a'zo.

Apple Distinguished School nomzodligi — 24 ta iMac kompyuteri bilan jihozlanganligi sababli ushbu maqomga nomzod ko'rilmoqda.

Rasmiy test markazlari

SAT Test Markazi — College Board (AQSh) tomonidan akkreditatsiya olingan; Xorazm viloyatidagi uchinchi rasmiy SAT test markazi. SAT'dan 1200 va undan yuqori ball olgan O'zbekiston abituriyentlari VMQ 578-son qarori asosida davlat grantiga ega bo'ladi.

IELTS Test Markazi — British Council bilan rasmiy hamkorlikda ishlaydi; Xorazm viloyatidagi kompyuter asosida IELTS imtihoni aynan DATA maktabi hududida o'tkaziladi.

Milliy litsenziya Maktab №2359305-raqamli davlat ro'yxatidan o'tish guvohnomasi va 2024-yil 12-sentyabrda olingan №393364-raqamli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Litsenziya O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish" yo'nalishi bo'yicha berilgan.

Olimpiada natijalari va akademik yutuqlar

Xalqaro olimpiadalar (2025–2026 o'quv yili) + Xalqaro olimpiada natijalari Olimpiada Mamlakat Natija Copernicus matematika olimpiadasi AQSh (Nyu-York) 10 ta bronza medal Amakids (mental arifmetika) Gruziya 8 ta 1-o'rin, 7 ta 2-o'rin, 8 ta 3-o'rin SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo mat. olimpiadasi) 42 ta davlat 2 ta bronza medal HIPPO (ingliz tili olimpiadasi) Xalqaro (final — Italiya) 4 nafar 2-bosqichga o'tdi Kombodja matematika olimpiadasi Xalqaro 1 ta kumush medal

Milliy olimpiadalar + Milliy olimpiada natijalari Olimpiada Shahar Natija "Daho bolalar" Buxoro 1 ta Super chempion, 5 ta oliy o'rin "Daho bolalar" Samarqand 1 ta Chempion, 10 ta oliy o'rin IT — Coding O'zbekiston 4 ta oltin, 1 ta kumush medal Robo-Coding O'zbekiston 1-o'rin RoboTech-2025 O'zbekiston 2 ta 2-o'rin, 2 ta 3-o'rin BOND olimpiadasi O'zbekiston 1 ta 1-o'rin, 1 ta 2-o'rin, 2 ta 3-o'rin

Sertifikatlar 50 ta o'quvchi Code.org platformasi orqali xalqaro sertifikatlar oldi (platformani Microsoft, Google, Amazon, Facebook qo'llab-quvvatlaydi). Bir qator o'quvchilar ingliz tilidan B2 darajasida milliy sertifikat oldi.

Texnik jihozlanish

Kompyuter texnikalari 24 ta iMac kompyuteri — grafik dizayn, video montaj va ilg'or dasturlash uchun. 60 ta notebook kompyuteri — IT darslarida har bir o'quvchiga individual ish imkoni. 20 ta VR ko'zoynak — biologiya (Ecosphere VR), kimyo (Chemistry Lab VR) va 3D dizayn (Gravity Sketch) uchun VR laboratoriyasi. 20 ta "Алиса" sun'iy intellekt qurilmasi — har bir sinfda alohida.

Dasturiy ta'minot va platformalar Durbin CRM tizimi (durbincrm.uz) — maktabning o'z boshqaruv platformasi; baholarni kuzatish, dars jadvali, o'quvchi rivojlanish dinamikasi. Code.org integratsiyasi — K-5 dan 9–11 sinflargacha barcha darajalar uchun moslashtirilgan kurslar. Interaktiv video studiya — Xorazm viloyatidagi yagona interaktiv video yozib olish studiyasi.

Infratuzilma

Asosiy bino Parametr Ko'rsatkich Umumiy maydon 4 000 m² Qavatlar soni 5 Sinfxonalar 20 ta Lift 1 ta Kutubxona (kitoblar soni) 4 603 ta (7 tilda)

Kutubxona kitoblari 7 tilda mavjud: o'zbek, rus, ingliz, nemis, koreys, xitoy va brayl alifbosida. Binoda ixtisoslashtirilgan fizika, kimyo va biologiya laboratoriyalari, VR laboratoriyasi, interaktiv video studiya, ichki va tashqi sport maydonchalari, 200 o'rinli oshxona, tibbiy xona, psixolog va logoped kabineti joylashgan.

Xavfsizlik tizimi 24/7 kuzatuv kamera tizimi; barcha sinfxonalar va bino qismlari kuzatuv ostida. Bino atrofida 1,8 metr balandlikdagi himoya panjarasi. SOS signal tizimi — favqulodda holat yuzaga kelganda 5 daqiqa ichida Milliy gvardiya xodimlari yetib keladi. O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan doimiy nazorat.

Iqlim nazorati Binoda uch qatlamli isitish tizimi mavjud: issiq pol, radiatorlar va konditsionerlar. Har bir qavatda 3 ta mustaqil havo liniyasi, har bir sinfga alohida havo kiritish va chiqarish tizimlari o'rnatilgan.

Xodimlar

Boshqaruv Lavozim Ism-sharif Maktab direktori Dilfuza Babajanova HR direktor Fazilat Otadjanova Direktor o'rinbosari Dono Muminova Xo'jalik ishlari bo'lim rahbari Abror Rajabboyev Qabul bo'limi rahbari Asal Qalandarova

Tibbiy va psixologik xizmat Mutaxassis Ism-sharif Maktab shifokori Zulfiya Abdullayeva Maktab psixologi Lyudmila Atadjanova Maktab logopedi Rahiya Omirzakova

Shifokor har chorakda to'rt yo'nalishda (oftalmologiya, ortopediya, nevrologiya, endokrinologiya) bepul tibbiy ko'riklar tashkil etadi. Psixolog har oy muntazam psixologik tekshiruvlar o'tkazadi.

O'qituvchilarni tanlash tizimi Ustozlarni qabul qilish 4 bosqichda amalga oshiriladi: Hujjatlar tahlili (ma'lumot, toifa, sertifikatlar, tajriba). Direktor va akademik bo'lim rahbarlari bilan suhbat. Sinov darsi. Bir oylik sinov muddati — pedagogik mahorat, intizom va jamoaga moslashuv baholanadi.

Transport xizmati Maktab 4 ta SAZ NP 26 modeli avtobus (har biri 40 nafar sig'imli, 25 o'rindiqli) bilan ta'minlangan. Avtobuslar GPS tizimi bilan jihozlangan; ota-onalar maxsus ilova orqali farzandlarining harakatini real vaqtda kuzatishlari mumkin.

2026–2027 o'quv yilida yana 4 ta 54 o'rindiqli avtobus xizmatga qo'yilishi rejalashtirilgan.

Ovqatlanish O'quvchilar kuniga uch mahal (nonushta 08:00–09:00, tushlik 12:00–13:00, poldnik) issiq halol ovqat bilan ta'minlanadi. Menyu dietolog Qudrat Novvotov nazorati ostida tuziladi. Barcha zarur o'quv qurollari va materiallari o'quvchilarga bepul taqdim etiladi.

Xavfsizlik va sug'urta Har bir o'quvchi "Uzbekinvest" sug'urta kompaniyasi orqali 20 000 000 so'm miqdorida hayot sug'urtasi bilan ta'minlangan; sug'urta to'lovlarini maktab o'z hisobidan qoplaydi.

Ijtimoiy loyihalar

"Yashnar" NNT Maktab tashabbusi bilan "Yashnar" nodavlat notijorat tashkiloti tuzilgan. Tashkilot ta'lim orqali ijtimoiy muammolarni hal qilishni maqsad qilgan bo'lib, asosiy yo'nalishlari: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo'llab-quvvatlash. Inklyuziv ta'lim loyihalarini rivojlantirish. Ta'limga kirish imkoniyatini kengaytirish. Jamiyatda mas'uliyatli avlod tarbiyalash.

Inklyuziv ta'lim 2025-yildan boshlab O'zbekistondagi 700 dan ortiq xususiy maktab orasida birinchi bo'lib inklyuziv korreksion sinf tashkil etilgan. "Teng maydon" loyihasi doirasida ko'rishida muammosi bo'lgan va individual yondashuv talab qiladigan o'quvchilar uchun maxsus sharoitlar yaratilgan.

Xalqaro va davlat hamkorligi Maktab quyidagi tashkilotlar bilan rasmiy hamkorlik memorandumlari imzolagan: UNICEF O'zbekiston bolalar tashkiloti Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ittifoqi "Yoshlar — kelajagimiz" jamg'armasi O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligi Teacher For Uzbekistan

Kelajak rejalari