Qalay disulfid, 8n82 — sariq kristall modda. Suvda, suyultirilgan mineral kislotalarda erimaydi, konsentrlangan kislotalarda, ishqorlar va ammoniy sulfidda yaxshi eriydi. 4 valentli qalay tuzlariga vodorod sulfid taʼsir etishidan hosil boʻladi. Kukun holidagi qalay va oltingugurt aralashmasini (ammoniy xlorid ishtirokida) qizdirilganda hosil boʻladigan oltin rang — sariq tusli 8p82"oltin hal" deb ataladi. Uni yogʻoch gipsdan yasalgan buyumlarni boʻyash uchun ishlatiladi. .

Manbalar