275x275px|right|thumb

Web of Science (WoS; oldingi nomi „Web of Knowledge“) — pullik kirish asosida faoliyat yurituvchi platforma. U asosan internet orqali turli akademik jurnallar, konferensiya materiallari hamda boshqa hujjatlarning iqtiboslari va havolalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan koʻplab maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

1997-yilgacha platforma dastlab Ilmiy axborot instituti tomonidan ishlab chiqilgan va yuritilgan. Hozirgi kunda esa u „Clarivate“ kompaniyasiga tegishli.

Hozirgi vaqtda „Web of Science“ platformasining asosiy toʻplamida 79 millionta, umumiy platformaning oʻzida esa 171 millionta qayd mavjud.

Tarixi Iqtiboslar indeksi ilm-fandagi iqtiboslarning oʻxshash tadqiqot ishlari oʻrtasida oʻzaro bogʻlovchi zanjir boʻlib xizmat qilishi hamda mos keladigan yoki turdosh ilmiy adabiyotlarga (masalan, jurnallardagi maqolalar, konferensiya materiallari, tezislar va hokazolarga) olib borish faktiga asoslanadi. Bundan tashqari, muayyan bir sohada yoki bir nechta fanda eng katta salmoq koʻrsatgan adabiyotlarni aynan iqtiboslar indeksi orqali aniqlash mumkin. Masalan, bitta ilmiy maqolaning taʼsir doirasini unga iqtibos keltirgan barcha keyingi ilmiy ishlarni oʻzaro bogʻlash orqali aniqlash imkoniyati mavjud. Shu tariqa, tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalari, qonuniyatlari hamda yangi shakllanayotgan sohalari baholanadi. „Science Citation Index“ tizimini (keyinchalik „Web of Science“ platformasining yaratilishiga zamin boʻlgan) yoʻlga qoʻygan hamda „akademik adabiyotlarni iqtiboslar boʻyicha indekslashning otasi“ hisoblangan Eugene Garfield shunday yozgan edi:

Iqtiboslar maʼlumotlar bazalari Web of Science Core Collection oltita onlayn indekslash maʼlumotlar bazasidan iborat.

Science Citation Index Expanded (SCIE; oldingi nomi — „Science Citation Index“) — 178 ta ilm-fan sohasi boʻyicha 9 200 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1900-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 53 milliondan ortiq qaydga ega. Social Sciences Citation Index (SSCI) — ijtimoiy fanlar boʻyicha 3 400 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1900-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 9,3 milliondan ortiq qaydga ega. Arts & Humanities Citation Index (AHCI) — sanʼat va gumanitar fanlar sohasidagi 1 800 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1975-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 4,9 milliondan ortiq qaydga ega. Emerging Sources Citation Index (ESCI) — barcha fan sohalari boʻyicha 7 800 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 2005-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 3 milliondan ortiq qaydga ega. Book Citation Index (BCI) — tahririyat tomonidan saralab olingan 116 000 dan ortiq kitobni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 2005-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 53,2 milliondan ortiq qaydga ega. Conference Proceedings Citation Index (CPCI) — 205 000 dan ortiq ilmiy konferensiya materiallarini qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1990-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 70,1 milliondan ortiq qaydga ega.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Onlayn ma’lumotlar bazalari Turkum:Clarivate