Ellyes Joris Skhiri (; 1995-yil 10-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi. U Bundesliganing „Eintracht Frankfurt“ klubi safida tayanch yarim himoyachisi sifatida toʻp suradi. Fransiyada tugʻilgan boʻlsa-da, Tunis milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klublardagi karyerasi

Montpellier Skhiri „Montpellier“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ligue 1dagi debyutini 2015-yil 21-mart kuni „Evian Thonon Gaillard“ jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Mazkur bahsda u qoʻshib berilgan daqiqalarda Paul Lasne oʻrniga maydonga tushgan. Uchrashuv „Montpellier“ning safarda 0:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan.

FC Köln 2019-yil 29-iyulda Skhiri „1. FC Köln“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. 2020-yil 28-noyabrda u „Borussia Dortmund“ga qarshi safardagi 2:1 hisobidagi jamoasining gʻalabasi bilan yakunlangan uchrashuvda ikkita gol muallifiga aylangan.

Eintracht Frankfurt 2023-yil 5-iyulda Skhiri Bundesliganing „Eintracht Frankfurt“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Oradan bir oy oʻtib, 31-avgust kuni u 2023–24-yilgi UEFA Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida „Levski Sofiya“ ustidan 2:0 hisobida qozonilgan gʻalabada oʻzining klub safidagi ilk golini kiritgan. Ushbu gʻalaba „Eintracht Frankfurt“ning musobaqa guruh bosqichiga yoʻl olishini taʼminlagan.

Terma jamoadagi karyerasi Skhiri Fransiyada tugʻilgan. Otasi tunislik va onasi fransuz boʻlgan. U bir necha bor Tunis olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan. Olimpiya terma jamoasi safidagi debyutini Marokash U-23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Skhiri Tunis milliy terma jamoasi safidagi debyutini 2018-yil 23-mart kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Mazkur bahs Tunisning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.

2018-yil iyun oyida u Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Tunisning 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibiga kiritilgan. Shuningdek, u 2019-yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim finalgacha yetib borgan terma jamoa tarkibidan ham oʻrin olgan.

2022-yil noyabr oyida Skhiri Qatarda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Tunis terma jamoasiga chaqirilgan. Shuningdek, u 2023-yilgi Afrika Millatlar kubogi uchun ham milliy terma jamoa tarkibidan joy olgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tunislik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:1. FC Köln futbolchilari Turkum:Montpellier HSC futbolchilari Turkum:Eintracht Frankfurt futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari