Majnun (; ) — 2016-yilda suratga olingan oʻzbek melodrama janridagi film. Film Jahongir Ahmedov tomonidan rejissyorlik qilingan va Diyor Mahkamov tomonidan prodyuserlik qilingan Filmda Ulugʻbek Qodirov,Aktyor Ulugʻbek Qodirovga boʻrilar hujum qildi uzmuz.tv Asal Shodiyeva va Elyor Mahkamov bosh rollarni ijro etganMajnun film afisha.uz.

Syujeti Film mashhur futbolchi Sardor Komilovning hayoti haqida hikoya qiladi. Uning muxlislari Sardorni vafot etgan deb hisoblashadi, shu sababli jurnalistlar uning qayerdaligini aniqlashga harakat qilishadi„Majnun (uzbek kino) Majnun (uzbek kino)“ samarkand.me„Majnun“ning yutuq va kamchiliklari sanab oʻtildi darakchi.uz.

Yosh jurnalist Sardordan intervyu olish uchun uni izlab topadi. Dastlab u bunga rozi boʻlmaydi, biroq suhbat gazetada eʼlon qilinmasligi sharti bilan intervyu berishga rozilik bildiradi. Ammo jurnalist Sardorning sirini dugonasiga aytib beradi va u bu maʼlumotni gazetada chop ettiradi. Bundan ranjigan Sardor yana togʻdagi yashirin maskaniga qaytadi. Togʻda bir oilaga boʻrilar hujum qilganida Sardor ularni qutqarishga shoshiladi va boʻrilar bilan olishuvda halok boʻladi„Darakchi“ning jurnalisti „Majnun“ filmini tomosha qilish uchun sarflagan vaqtiga achinganini aytdi qalampir.uz.

Rollarda Ulugʻbek Qodirov — Sardor Komilov Asal Shodiyeva — Iroda Elyor Mahkamov — Nodir Matyoqub Matchonov — Asat choʻpon Rano Shodiyeva Diyor Mahkamov — Shokirjon Muhammad Iso Abdulhairov — Qilich Shorira Ismoilova Anjela Esimbetova — Zebo Asqar Hikmatov — Qodir Mirshod Atavullayev — Jamshid Elyor Nosirov — Ustoz Radjabova Azisa — Afruza

Ovoz post-prodakshni Filmning ovoz post-prodakshni Doniyor Agzamov tomonidan amalga oshirilgan. Agzamov filmning ovoz dizayneri sifatida ham ishlagan. Ovoz ishlovlari CineLab post-prodakshn majmuasida Dolby Digital 5.1 formatida yakunlangan.

Musiqa Film musiqasi Doniyor Agzamov tomonidan bastalangan.

Filmning saundtrek qoʻshigʻini oʻzbek xonandasi Shohruhxon ijro etganShohruhxon — Majnun (soundtrack).

Daromadi Film 2016-yil 19-fevral kuni Oʻzbekistonda premyera qilingan. U oʻsha davrda eng koʻp tomosha qilingan oʻzbek filmlaridan biri boʻlgan. Filmning byudjeti va kassa yigʻimlari haqida rasmiy maʼlumot eʼlon qilinmagan.

Manbalar