Silez tili (silezcha: ślůnsko godka, ślůnski) Polsha, Chexiya va Olmoniya hududida joylashgan Sileziya mintaqasi aholisi tilidir. 2002-yil maʼlumotlariga koʻra 509 ming kishining ona tili silezchadir, biroq uni tushunadiganlar soni 1 250 000 atrofida ekanligi taxmin qilinadi.Narodowy Spis Powszechny Ludności i Mieszkań 2011. Raport z wyników - Central Statistical Office of Poland

Silez tili polyak tiliga yaqin boʻlgani uchun baʼzi tilshunoslar uni polyakchaning bir shevasi, deb hisoblashadi. Alifbosi Hozir silez tilining yagona alifbosi yoʻq. Odatda polyak alifbosi harflaridan foydalaniladi. Biroq 2006-yili silez alifbosi ishlab chiqishga harakat qilindi. Bu alifboning harflari quyidagilardir: A a B b C c Ć ć Č č D d E e F f G g H h I i J j K k L l M m N n Ń ń O o P p R r Ř ř S s Ś ś Š š T t U u Ů ů W w Y y Z z Ź ź Ž ž Aa Bb Cc Ćć Čč Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Ńń Oo Pp Rr Řř Ss Śś Šš Tt Uu Ůů Ww Yy Zz Źź Žž

Va baʼzi digraflar: Ch Dz Dź Dž.

Manbalar

Havolalar Silez Vikipediyasi Silezcha yangiliklar Pů našymu — djalykt ślůnski kodyfikowůny

Turkum:Slavyan tillari Turkum:Tillar