Javier Adelmar Zanetti (1973-yil 10-avgustda tugʻilgan) — argentinalik sobiq professional futbolchi. Deyarli butun faoliyatini „Inter Milan“ klubida oʻtkazgan Zanetti oʻzining serqirraligi va mahorati bilan tanilgan boʻlib, koʻpincha ikkala qanotda ham himoyachi yoki qanot himoyachisi, shuningdek, yarim himoyachi sifatida harakat qilgan. U jamoaning 2009–10-yilgi mavsumda trebl qayd etishida muhim rol oʻynagan va hozirda „Inter Milan“ klubi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.
Zanetti faoliyatini Argentinada, avvaliga „Talleres“, soʻngra „Banfield“ jamoasida boshlagan. U 1995-yildan 2014-yilgacha Italiyaning „Inter Milan“ klubida oʻynagan va 2001-yildan to 2014-yilda faoliyatini yakunlaguniga qadar jamoa sardori boʻlganHe started wearing the captain band in late 1999, but at that time he was replacing the injured Ronaldo. Source: . Zanetti 1115 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar roʻyxatidan joy olgan. Shuningdek, u A Seriyada eng koʻp maydonga tushgan xorijlik futbolchi (615) boʻlib, bu borada ligada Janluiji Buffon, Paolo Maldini va Franchesko Tottidan keyingi toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. Zanetti „Inter“ tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazish (858) va klub bilan eng koʻp sovrin yutish (16 ta) boʻyicha rekordchi hisoblanadi. Ular: beshta Skudetto, toʻrtta Italiya kubogi, toʻrtta Italiya Superkubogi, bitta UEFA kubogi, bitta Chempionlar ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidir. U Chempionlar ligasida sardor sifatida eng koʻp oʻyin oʻtkazish (82) boʻyicha ham rekord sohibidir.
Zanetti Argentina terma jamoasi safida 145 ta oʻyinda maydonga tushgan. Bu koʻrsatkich bilan u „Albiseleste“ tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Bungacha, yaʼni 2007-yildan 2018-yilgacha bu borada rekordchi boʻlgan. U Argentina bilan 2004 va 2007-yillarda Amerika kubogi, 1995 va 2005-yillarda esa FIFA Konfederatsiyalar kubogi finallariga qadar yetib borgan.
Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, „Inter“ klubi Zanettining 4-raqamli futbolkasini abadiylashtirdi va uni oʻzining vitse-prezidenti etib tayinladi. U FIFA tomonidan Argentinadagi „SOS bolalar qishloqlari“ loyihasining elchisi etib tayinlangan. 2005-yilda esa ijtimoiy tashabbuslari uchun Milan shahri tomonidan Ambrogino d’Oro mukofoti bilan taqdirlangan. Zanetti, shuningdek, Maxsus Olimpiadaning global elchisi hamdir.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:CA Talleres (Escalada) futbolchilari Turkum:CA Banfield futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentinalik olimpiyada futbolchilari Turkum:Copa América 1995 oʻyinchilari Turkum:1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:Copa América 1999 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2004 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2007 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2011 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi
Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Raqamlari abadiylashtirilgan futbolchilar Turkum:Erkaklar futbolidagi universal futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Argentine Primera División futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari