Kekec – rejissor Jože Gale tomonidan 1951-yilda suratga olingan sloveniyalik/yugoslaviyalik sarguzasht-yoshlar filmi. U Josip Vandotning 1924-yilda Sloveniyaning «Zvonček» yoshlar jurnalida chop etilgan ‘’Kekec haqidagi uchta hikoyaning oxirgisi boʻlgan Kekec nad samotnim breznom (“Yolgʻiz tubanlik yuqorisidagi Kekec”) togʻ qissasiga asoslangan. Film Triglav Film tomonidan ishlab chiqarilgan va dastlab Vesna film, keyinchalik esa Viba film tomonidan tarqatilgan. Voqealar Sloveniya togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismida, asosan muallifning tugʻilib oʻsgan joyi Kranjska Gora va Yul Alplarida boʻlib oʻtadi.

Bu Jože Galening Kekec haqidagi film seriyasining birinchisi boʻlib, uning ikkita davomi mavjud: 1963-yilda suratga olingan Srečno, Kekec! (“Omad yor boʻlsin, Kekec!”) va 1968-yilda ishlangan Kekčeve ukane (“Kekecning hiylalari”).

Kasting direktori Ernest Adamič oʻtkazgan sinovlarda mingdan ortiq bolalar qatnashgan.

Mazmuni Josip Vandotning 1924-yilda yozilgan "Kekec nad samotnim breznom" ("Yolgʻiz tubanlik yuqorisidagi Kekec"'') nomli mashhur hikoyasiga asoslangan ushbu film asl manbaga yaqin boʻlib, unga qoʻshiqlar va fon musiqasi qoʻshilgan. Voqealar kichik bola Kekec (Matija Barl) yashaydigan Sloveniya togʻlarining oftobli qishlogʻida boʻlib oʻtadi.

Togʻlarning baland qismida Bedanec (France Presetnik) hamma qoʻrqadigan va yovuz yolgʻiz qaroqchi sifatida umr kechiradi. Jasur bola Kekec undan qoʻrqmaydi. Bedanec Mojca (Zdenka Logar) va Kosobrinni (Frane Milčinski) oʻz uyida zulm ostida ushlab turganini bilib, Kekec ularni qutqarishga otlanadi. Oʻzining jasorati va topqirligi evaziga u ularni ozod qiladi va Bedanecni bu yerdan butunlay ketishga majbur qiladi.

Qabul qilinishi Bu Kekec haqidagi kino trilogiyadagi eng mashhur va muvaffaqiyatli film hisoblanadi. U 1952-yilda Venetsiya xalqaro kinofestivalida 11-14 yoshli bolalar uchun eng yaxshi film sifatida Oltin sher mukofotini qoʻlga kiritgan va xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan ilk sloven filmi boʻlgan. Film Xitoy kabi 60 dan ortiq mamlakatlarning kinoteatrlari va festivallarida namoyish etilgan boʻlib, Xitoyda 1957-yilgi Yugoslaviya kino haftaligi doirasida koʻrsatilgan.

Rollarda AktyorQahramonTavsif Matija Barl Kekec Qoʻrqmas bola va hikoyaning bosh qahramoni. Bu obraz Sloveniya ommaviy madaniyatiga ulkan taʼsir koʻrsatgan. Frane Milčinski Kosobrin Oq uzun soqolli, shlyapali, oʻsimlik yigʻib yuruvchi mittigina keksa odam. France Presetnik Bedanec Togʻlarda yashovchi qoʻrqinchli va yovuz qaroqchi. Zdenka Logar Mojca Roʻjlening singlisi, Bedanec tomonidan garovga olingan qiz. Modest Sancin Mišnjek Lojze Potokar oče Kekecning otasi Vida Levstik mati Kekecning onasi Alenka Lobnikar Tinka Jože Mlakar Rožle Qoʻrqoqroq bola, Kekecning doʻsti va Mojcaning akasi. Drago Zupan night watchman Fran Lipah music spelman Oddiy cholgʻu asbobida ijro etuvchi shaxs.

Foto galereya Suratga olingan joylar RasmJoylashuviMunitsipalitet Tavsif Gozd Tržič Tržič munitsipalitetidagi kichik qishloq. Bedančev konec Kranjska Gora Filmning asosiy qismi suratga olingan joy. Savica sharsharasi Bohinj Savica sharsharasi yaqinida suratga olish jarayoni. Mojstrana Kranjska Gora Kichik qishloq dekoratsiyasi qurilgan hudud. Slemenova špica Kranjska Gora Asosiy qoʻshiq kuylangan sahna: "" Avliyo Jozef cherkovi Lyublyana Oqimli darra sahni.

Film lavhalari

Musiqa Fon musiqasi va asosiy kuy sloveniyalik kompozitor Marjan Kozina tomonidan yozilgan. Bosh qoʻshiq — soʻzlari Frane Milčinski qalamiga mansub boʻlib, uni Sloveniya filarmoniya orkestri joʻrligida Tomaž Tozon ijro etgan.

Manbalar

Havolalar