Umidjon Qudratillayevich Ishmuxamedov (1984-yil aprel) — o‘zbekistonlik tadbirkor va taʼlim sohasi vakili, Khan Academy Oʻzbek loyihasi hamasoschilaridan biri. Edu Action taʼlim dasturi hamda Millat Umidi Universiteti asoschisi.
Faoliyati
Khan Academy Oʻzbek 2019-yilda Khan Academy taʼlim platformasini o‘zbek tiliga mahalliylashtirishga qaratilgan Khan Academy Oʻzbek loyihasini rivojlantirishda ishtirok etgan.
Khan Academy Oʻzbek platformasining rasmiy taqdimoti 2019-yilda Toshkentdagi Inha universitetida o‘tkazilgan. Loyiha Botir Arifdjanov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Ishmuxamedov va Nigora Arifdjanova uning hamasoschilari sifatida faoliyat yuritgan.
Khan Academy Ishmuxamedovni O‘zbekiston loyihasining boshqaruv jamoasi tarkibiga kiritgan. Jamoa Khan Academy materiallarini tarjima qilish, tahrirlash va o‘zbek tilida videodarslar tayyorlash bilan shug‘ullangan. 2019-yil oxiriga kelib loyiha doirasida qariyb 4 million so‘z tarjima qilingan va 1000 ga yaqin videodars yozib olingan.
Keyinchalik Khan Academy Oʻzbek jamoasi vakillari bilan AQShda loyiha taqdimotlarida qatnashgan.
Boshqa taʼlim loyihalari U Cambridge International University va Cambridge International College taʼlim muassasalarini tashkil etgan. Cambridge International University keyinchalik Millat Umidi University nomida faoliyatini davom ettirgan.
Mukofotlari „O‘zbekiston belgisi“ ko‘krak nishoni (2024). „Faol tadbirkor“ ko‘krak nishoni (2026).
Manbalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar