Ilyos ibn Mudar (), shuningdek, al-Yas deb ham yoziladi, islomdan avvalgi davrda yashagan arab qabilasi boshligʻi, islom payg‘ambari Muhammadning ajdodi. Khindifiy qabilalar, jumladan, Quraysh qabilasining ajdodi hisoblanadi. Islomdan avvalgi Arabistondagidagu tavhid tarafdorlarining ilk namoyandalaridan biri boʻlgan va Hijoz ustidan hukmronligi davrida butlarga sigʻinishni tugatishga qaratilgan diniy islohotlarni amalga oshirgan.

Tarjimai holi Tavalludi Uning toʻliq ismi Ilyos ibn Mudar ibn Nizor ibn Maʼad ibn Adnon boʻlgan. Asl ismi al-Yas shaklida ham keltirilgan.

Oilasi Ilyos Mudar ibn Nizorning oʻgʻli boʻlib, uning Qays Aylon ismli akasi (yoki ukasi) boʻlgan. Qays Aylon Qays qabilalar ittifoqining ajdodi hisoblanadi. Onasi esa Rabob ismli arab ayoli edi.

Ilyosning xotini Xindif deb atalgan. Uning Amir, Amr va Umayr ismli oʻgʻillari boʻlib, keyinchalik ularning ismlari mos ravishda Mudrika, Tabixa va Qamʼaga oʻzgartirilgan. Ilyos oʻgʻli Mudrika orqali Banu Huzayl qabilasining ajdodiga aylangan.

Hukmronligi Ilyos ibn Mudar otasidan keyin Makka hukmdori boʻlgan. Hukmronligi davrida Ilyos Kaʼbani obod saqlab, unga qarab turgan. Shuningdek, u Kaʼba hududida tuya soʻyish odatini ham birinchi boʻlib boshlab bergan. Ilyos Maqom Ibrohimni qayta topib, uni taʼmirlagan va Kaʼbaning bir burchagiga joylashtirgan.

Ilyos ibn Mudar keksalik chogʻida sil kasalligiga chalinib vafot etgan. U ushbu kasallikdan oʻlim topgani qayd etilgan birinchi arab boʻlganShihāb al-Dīn al-Nuwayrī (1923–1927). Nihāyat al-arab fī funūn al-adab. Cairo: al-Muʿassasa al-Miṣriyya al-ʿĀmma lil-Taʾlīf wa-l-Tarjama wa-l-Ṭibāʿa wa-l-Nashr..

Diniy islohotlari Ilyos ibn Mudar islomdan avvalgi Arabistonda mavjud boʻlgan koʻpxudolik eʼtiqodiga zid boʻlgan yakkaxudolik diniy qarashlariga amal qilgan. Shu bois u butlarga sigʻinishni ochiqchasiga qoralagan. Uning bu qarashi dastlab xalq orasida turlicha munosabatlarga sabab boʻlgan boʻlsa-da, oxir-oqibat ular Ilyosning fikrini maʼqullab, koʻpxudolikdan voz kechishda unga ergashganlar. Ilyosning islohotlari natijasida islomdan avvalgi Arabistonda yakkaxudolik eʼtiqodining rivojlangan davri yuzaga kelgan va bu holat Amr ibn Luhay hokimiyatga kelguniga qadar davom etgan. Ilyosning nabirasi Khuzayma ibn Mudrika arablar milodiy VII asrda islom dini paydo boʻlguniga qadar sigʻinib kelingan Hubal butini birinchi boʻlib oʻrnatgan.

Yana qarang Muhammadning shajarasi

Manbalar

Turkum:Muhammadning ajdodlari