Uzunbuloq - Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq fuqarolar yig`ini. Uzunbuloq QFY Uzunbuloq, Sho`rbuloq, Yangiobod("center"), Ko`rbuloq, Mavtan, Bo`ston, O`rta qishloq, Lattavan (Lattaband), Paytavabosh, Madaniyat va Eshako`ldi qishloqlaridan iborat.Mahalliy beklar va bekalar bilan qurilgan suhbatlar va shu hududda 20 yilga yaqim istiqomat qilgan inson sifatida yozdim. Ba'zi ma'lumotlar vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin.

Hudud Turkiston tog` tizmasi va uning 3 tarmog`i bo`lgan Oyqor tog`lari etagida joylashgan. Qishloq hududidan ko`rinuvchi eng baland cho`qqi - "Uchqiz" qoyasi. Cho`qqining bunday nomlanishiga yonma-yon turgan 3 ta qoyalar sabab bo`lgan. Mahalliy aholi orasida tog` nomlanishi bilan bir qator afsonalar ham yuradi. Afsonalarning umumiy mazmuni 3 nafar qizning dushmandan qochib tog`ga chiqib ketishi va u yerda qoyaga aylanishiga borib taqaladi.