Ayaulim Serikovna Amrenova (30-noyabr 2001-yilda tugʻilgan, Zaysan tumani, Sharqiy Qozogʻiston viloyati, Qozogʻiston) — mogul boʻyicha ixtisoslashgan qozoq fristaylchisi, 2018 va 2022-yillardagi Qishki Olimpiada oʻyinlari qatnashchisi.

Hayoti Uch yoshida konki uchishni oʻrgangan va oʻshandan beri uzluksiz sport bilan shugʻullanib kelgan. Iqtidorli bolalar maktab-internatini tamomlagan.

2017-yilgi Yevropa kubogi bosqichida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Pxyonchxandagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida mogul boʻyicha ishtirok etgan. Birinchi saralash bosqichida 26-oʻrinni, ikkinchi saralashda esa 17-oʻrinni egallab, musobaqaning final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.

Pekin-2022 Qishki Olimpiya oʻyinlarida mogul boʻyicha birinchi saralashda 16-oʻrinni, ikkinchi saralashda esa 12-oʻrinni egallab, finalga chiqa olmagan.

2025-yil yanvar oyida Turindagi Qishki Universiada—2025 musobaqasida parallel mogul boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi va finalda hamyurti Anastasiya Gorodkoga imkoniyatni boy berdi.

2026-yilgi Italiyadagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida mogul boʻyicha birinchi saralashda 20-oʻrinni, ikkinchi saralashda esa 10-oʻrinni egallab, finalga yoʻl oldi. Finalning birinchi bosqichida 18-oʻrinni egallab, ishtirokini yakunladi. Parallel mogulda esa 1/16 finalda kanadalik sportchi Jessica Lintonga 14-21 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Manbalar

Turkum:30-noyabrda tugʻilganlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Zaysan tumanida tugʻilganlar Turkum:Qozogʻiston sportchilari Turkum:Qozogʻiston fristaylchilari