Minyo universiteti — Misrning Minyo shahrida joylashgan davlat universiteti. Universitet 1976-yilda 93-sonli Respublika farmoni asosida Assiut universiteti tarkibidan ajratib tashkil etilgan. Universitet kampusi Minyo shahrining shimolida joylashgan. Uning ramzida Nefertiti byusti tasvirlangan.

Universitet logotipi

Nefertiti byusti tasviri universitet logotipi sifatida tanlangan. Nefertiti byusti Minyo muhofazasining ham ramzi hisoblanadi. Bunga uning qadimgi Misr tarixidagi tarixiy va mafkuraviy ahamiyati asosiy sabab boʻladi. Nefertitining byusti Minya muhofazasining janubidagi Tel-Amarna hududidan topilgan](http://www.minia.edu.eg}}).

Fakultetlari

Universitet tarkibida 17 ta fakultet mavjud:

Qishloq xoʻjaligi fakulteti Taʼlim fakulteti Tabiiy fanlar fakulteti Sanʼat fakulteti (kampusdan tashqarida) Tasviriy sanʼat fakulteti Muhandislik fakulteti (kampusdan tashqarida) Tibbiyot fakulteti Jismoniy tarbiya fakulteti Stomatologiya fakulteti (kampusdan tashqarida) Dar al-Ulum fakulteti (islomiy taʼlim) Hamshiralik fakulteti Turizm va mehmonxonalar fakulteti Xorijiy tillar fakulteti Farmatsiya fakulteti Kompyuter fanlari fakulteti Maxsus taʼlim fakulteti Maktabgacha taʼlim fakulteti

Faoliyati

2018-yilda universitet Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bir hafta davomida sport tadbirini tashkil etgan. Ushbu tadbir Misr tarixida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻtkazilgan ilk sport tadbiri hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Misr universitetlari