Zulfiqor Musoqov Jalolovich (asl ismi — Jamol Musoqov; 1958-yil, 19-yanvarda Olmaliqda tavallud topgan) — oʻzbek kinorejissyori, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi bosh muharriri. Oʻzbekiston sanʼat arbobi(2006). Zulfiqor Musoqov taniqli kinorejissyor va ssenarist, o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989-yildan boshlagan. Zulfiqor Musoqov o‘zining „Abdullajon“, „Bomba“, „Yaratganga shukur“, „Kichkina tabib“, „Oyijon“, „Osmondagi bolalar — 1-2-3“, „Vatan“, „Qo‘rg‘oshin“, „Qovun“, „Xazonrezgi“, „Novda“, „Dadam betob“ kabi filmlari va „Ayol zoti“ teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning „Vatan“ filmi 2007-yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda „Osiyoning eng yaxshi filmi“ nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan. 2011-yilda rejissyor suratga olgan „Qo‘rg‘oshin“ badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan „Kinoshok“ Xalqaro kinofestivalida qatnashib, „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.

Zulfiqor Musoqov 2003-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni, 2006-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi“ unvoniga sazovor bo‘lganHordiq-Plus gazetasi.. 2023-yil 31-avgustda "Fidokorona xizmatlari uchun" orderi bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan.

Filmlari

Чужое счастье (1978); Завтра выйдешь? (1980); Sud kuni (1983); Qaldirgʻoch (1988); Askarlar ertagi, Debyut (1989); Abdullajon (1991); Birinchi boʻsa (1991); Шаг вправо... шаг влево... (1991); Makler (1992); Bomba (1995); Yaratganga shukur (film, 1997) Kichkina tabib (1997); Ayol zoti (serial)(1998); Oyijon (2000); Osmondagi bolalar (2002); Kovush (2002); Osmondagi bolalar-2 (2003); Oʻzimizning odam (serial) (2004); Dada (2004); Свой человек (2005); Vatan (2006); Osmon yaqin (2006); Suiqasd (2006); Восточный двор с кривой луной (2008); Qo‘rg‘oshin (2011); Qovun (2012); Bekatdagi odam (2014); Novda (2015); Xazonrezgi (2016); Berlin — Oqqoʻrgʻon (2018). Alvido ssenarist (2019) Kasallik tarixi (2021) Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar (2023)

Mukofotlari Zulfiqor Musoqov 2006-yil 25-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.Gov.uz Portali2023-yil 31-avgustda "Fidokorona xizmatlari uchun" orderi bilan taqdirlangan.

Havolalar

Havolalar Hordiq-Plus gazetasidagi interv’yusi

Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari