Baen Books — ilmiy fantastika va fentezi janrlariga ixtisoslashgan Amerika nashriyoti. Ilmiy fantastika sohasida u asosan koinot operasi, qatʼiy ilmiy fantastika hamda harbiy ilmiy fantastika yoʻnalishlariga urgʻu beradi. Kompaniyaga 1983-yilda ilmiy fantastika noshiri va muharriri Jim Baen tomonidan asos solingan. U 2006-yilda vafot etgach, uzoq yillar davomida ijrochi muharrir boʻlib ishlagan Toni Weisskopf nashriyot rahbari lavozimini egalladi.

Tarixi Baen Books 1983-yilda Jim Baen hamda Simon & Schuster oʻrtasidagi muzokaralar natijasida erishilgan kelishuv asosida tashkil etilgan. Simon & Schuster keng koʻlamli qayta tashkillashtirish jarayonini boshdan kechirayotgan edi va Baenni oʻzining Pocket Books boʻlinmasidagi ilmiy-fantastika yoʻnalishiga rahbarlik qilish hamda uni jonlantirish uchun ishga taklif qilmoqchi boʻldi. Doʻstlarining moliyaviy qoʻllab-quvvatlashiga tayanib, Baen bunga javoban Baen Books nomli yangi kompaniya tuzishni va distribusiya uchun Simon & Schusterga ilmiy-fantastika yoʻnalishidagi kitoblarni taqdim etish taklifini ilgari surdi„JIM BAEN October 22, 1943 — June 28, 2006“ , Baenʼs obituary by David Drake, david-drake.com..

Locus jurnalining 2004-yildagi kitoblar sharhiga koʻraLocus, February 2005. Vol. 54, No. 2, pp. 50–54., Baen Books koʻrsatilgan janrlarda eng koʻp kitob chop etgan AQSh nashriyotlari orasida toʻqqizinchi, maxsus ilmiy-fantastik imprintinglar orasida esa beshinchi oʻrinni egalladi hamda jami 67 ta nomdagi kitobni (shundan 40 tasi birinchi marta chop etilgan asarlar) nashr etdi. Baen Books tomonidan chop etilgan kitoblarning yirik kitob savdosi tarmoqlari tuzgan bestsellerlar roʻyxatida koʻrinish berish chastotasiga koʻra, u eng ommabop ilmiy-fantastika nashriyotlari orasida yettinchi oʻrinni egalladi. 2005-yilda Baen jami 72 ta kitob chop etib (shundan 40 tasi birinchi marta chop etilgan asarlar), nashr etilgan kitoblar soni boʻyicha sakkizinchi oʻringa koʻtarildiLocus, February 2006, Vol. 56, No. 2, pp. 50–53..

Elektron nashr faoliyati 1999-yil oʻrtalaridan boshlab Baen oʻz nashrlari uchun elektron nashr faoliyati hamda internetga yoʻnaltirilgan targʻibot ishlariga alohida urgʻu bera boshladi. Baenʼs Bar forumidagi muhokamalar uni shunday yoʻl tutishga ishontirdi. Baenning elektron strategiyasi Baen Free Library nashriyotining „Birinchi kutubxonachisi“ Eric Flint muallifligidagi The Prime Palaver deb nomlangan qator „maktublar“ va „esselar“da batafsil tushuntirib berilgan. Qisqacha aytganda, bu strategiya Baen Ebooks (ilgari Webscriptions deb nomlangan va rasman Baen Books tarkibiga kirmagan, ammo amalda mustaqil elektron nashriyot boʻlgan) platformasi orqali raqamli huquqlarni boshqarish (DRM) kabi nusxalashdan himoyalash tizimlaridan xoli boʻlgan shifrlanmagan raqamli nusxalarni tarqatishga asoslanadiThe Prime Palaver. Baen va uning izdoshi DRM nashriyot uchun foydadan koʻra koʻproq zarar keltirishiga ishonishadi. Natijada, Baen oʻzining butun katalogini yuklab olish uchun bir necha formatlarda taqdim etadi va odatda oʻz kitoblarining elektron versiyalari narxini yumshoq muqovali nashrlar narxi bilan teng yoki undan arzonroq qilib belgilaydi va bundan daromad ham oladi. Flint muharrirlik qiladigan Jim Baenʼs Universe ilmiy-fantastik elektron jurnalidagi esselarga koʻra, ushbu strategiya vaqt oʻtishi bilan, ayniqsa Amazon Kindle va Barnes & Noble Nook kabi elektron kitob oʻquvchi qurilmalar paydo boʻlishi bilan yanada kuchayib, samaraliroq natijalar berishda davom etmoqda.

Jurnal tajribalari Baenning jurnal shaklidagi kitob nashr etish boʻyicha ilk tajribasi 1970-yillarning oxirida Destinies koʻrinishida amalga oshirilgan edi. Bu har chorakda bitta chiqadigan kitob-jurnal boʻlib, unda Baen targʻib qilayotgan taniqli va yangi mualliflarning badiiy hamda publitsistik asarlari chop etilgan. U oʻsha paytda Baen faoliyat yuritgan Ace nashriyoti tomonidan nashr qilingan. 1980-yillarda Baen Books shafeligida u yana ikkita kitob-jurnal seriyasini nashr etdi. Birinchisi Far Frontiers edi. Ikkinchisi esa Baen, Elizabeth Mitchell va Michael A. Banks muharrirligida chiqarilgan New Destinies boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Baen Books at the Internet Speculative Fiction Database Baen Ebooks website Baen Free Library Jim Baenʼs UNIVERSE—The publisher’s second foray into e-zine publishing; merged with the Grantville Gazette Jim Baenʼs UNIVERSE Columns archives—various columns, editors, and otherwise, no subscription needed. Baenʼs Bar Online—All e-manuscript submissions for either of the above e-zines have to go through this door into the two sub-forums „1632 Slush“ or JBU „Universe Slush“ conference. Baenʼs Bar is the only submission mechanism for submitting stories to two professional SF magazines. Baenʼs Grantville Gazettes—First (originally experimental) e-zine, the gazette is unique in that it is canonical for the best selling 1632 series. Editor’s columns of JBU—"Salvos Against Big Brother" and „The Editor’s Page“; „Salvos“ are similar essays by editor Flint specifically focused on DRM and Baenʼs electronic publishing policies. Free Baen materials for the disabled at www. ReadAssist.org Index of Baen on-line resources () at www.allensmith.net Prime Palaver essays, most discussing copy protection and Baenʼs e-policies.

Turkum:Baen Books Turkum:Bronksda joylashgan kompaniyalar Turkum:Ilmiy fantastika nashriyotlari Turkum:Free ebooks