Jome masjidi () — Hindistonning Ximachalpradesh shtati Dharamshala shahridagi Kotvali bozori yo'lida joylashgan jome masjid.

Tarixi Dharamshaladagi Jome masjidi 1719-yilda Janob Gʻulom Rasul tomonidan qurdirilgan. 1905-yilda yuz bergan Kangra zilzilasi masjid va uning gumbaziga zarar yetkazgan. Shundan soʻng, Ahli Islom qoʻmitasi masjidni oʻz nazoratiga olib, shikastlangan qismlarini taʼmirlagan. Natijada, masjidda muntazam namoz oʻqish yo'lga qo'yilgan.

1947–1995-yillarda Yol harbiy garnizonida faqat bitta masjid boʻlib, unda juma namozi va ikki hayit namozlari oʻqilgan. 1995-yilda „Omon-i Avom“ xayriya qoʻmitasi tashkil etilgan va Jome masjidida kuniga besh mahal farz namozlarini muntazam ravishda oʻqish davom ettirilgan. Shu yili Muhammad Komil Jomiy masjid imomi etib tayinlangan. Muhammad Komil Jomiy bugungi kunda ham vazifasini davom ettirmoqda.

Yana qarang

Hindistonda islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Hindistondagi 18-asr masjidlari Turkum:Hindistondagi gumbazli masjidlar Turkum:1710-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:1719-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar