Xutba Periya Palli, shuningdek, Al-Jome al-Kabir va Periya Xutba Palli nomlari bilan ham tanilgan, Hindistonning Tamilnad shtati Thoothukudi tumani Kayalpattinam shahrida joylashgan jome masjid.

Tarixi Masjid 842-yilda Muhammad Xaljiy tomonidan bunyod ettirilgan, 1336–1337-yillarda esa Sulton Sayyid Jamoliddin tomonidan qayta qurdirilgan. 2021-yilda masjidda yana qayta qurish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan.

Meʼmorchiligi Shu va shahardagi boshqa masjidlar dravid meʼmorchiligining islom meʼmorchiligiga taʼsirini yaqqol namoyon etuvchi inshootlar hisoblanadi. Masjid „Aayirangal Thoon Palli“ nomi bilan ham mashhur. Masjidga tutash hududda katta qabriston joylashgan boʻlib, unda XIV asrda Koromandel sohilida tashkil topgan va Maduray sultonligi nomi bilan ham tanilgan mustaqil musulmon davlatining hukmdorlari — Malabar sultonlarining qabrlari joylashgan. Bu sultonlik hindu Vijayanagar imperiyasi tomonidan tugatilgunga qadar 50 yildan kamroq vaqt davomida mavjud boʻlgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, qabristonga 25 ming avliyo dafn etilgan.

Galereya

Yana qarang

Hindistonda islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:9-asrda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Hindistondagi 14-asr masjidlari Turkum:Tamilnaddagi masjidlar