Rashid Gʻafurov (1977-yil Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan) – oʻzbekistonlik professional sobiq futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. 1998—2002-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini Toshkentdagi sport maktablaridan birida boshlagan. 1995-yili Toshkentning Chilonzor FK jamoasida toʻp surgan. 1996—2005-yillarda oʻz tugʻilib oʻsgan viloyati sharafini himoya qiluvchi „Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Boʻyi past va tezkor oʻyinchi boʻlgani bois muxlislar uni Tiko deb atashardi. 2006-yilgi mavsumni Muborakning Mashʼal jamoasida oʻtkazdi. 2007—2008-yilgi mavsumlarda Bunyodkor PFK safida toʻp surgan.

Terma jamoadagi faoliyati Gʻofurov 1998—2002-yillarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. U milliy terma jamoa safida 13 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXaqlaroUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBunyodkor2007Oʻzbekiston chempionati27680 -35620081814050271Umumiy45712050627Umumiy faoliyati45712050627

Terma jamoadagi statistikasi Oʻzbekiston terma jamoasiYillarOʻyinGol199871199900200000200140200210Umumiy121 2016-yil 17-mart holatiga koʻra aniq statistika

Terma jamoada urgan gollari

№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqaEslatma1.1998-yil 19-noyabrSalt Lake stadioni, Kalkutta, HindistonOʻrtoqlik uchrashuvi

Murabbiylik faoliyati 2021—2026-yillarda Navbahor Farm jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2026-yildan „Yaypan“ klubi bosh murabbiyi. Yutuqlar Navbahor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 1996-yil Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 1997, 1999, 2003, 2004 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1998 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 1999-yil Mashʼal Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2006-yil Bunyodkor

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2008-yil Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2007-yil Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 2008-yil

Shaxsiy hayot Ukasi Mirzohid Gʻofurov (1988-yilda tugʻilgan) futbolchi sifatida faoliyat olib boradi.

Manbalar

Havolalar

Rashid Gʻafurov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Chilonzor klubi futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Navbahor Farm klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari