Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (qisqartmasi: OʻzA) Oʻzbekiston Respublikasining yagona rasmiy davlat axborot agentligidir. 1918-yili Toshkentda RosTA (Rossiya Telegraf Agentligi) boʻlimi sifatida ochilgan boʻlib, keyinchalik TASS tarkibidagi telegraf agentligiga aylantirildi. 1992-yilning 5-fevralida Prezident farmoniga binoan u „Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi“ deb nomlandi.
OʻzA xabarlari oʻzbek, rus va ingliz tillarida tarqatiladi. Bundan tashqari OʻzA saytining fransuz va olmoncha boʻlimlari mavjud. Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Tasvirsiz maqolar Turkum:Oʻzbekiston saytlari