2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali 19-may 2012-yil Myunxenning „Allianz Arena“ stadionida Bavariya va Chelsi klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Ushbu oʻyinda Yevropaning klublar oʻrtasidagi asosiy futbol turniri boʻlmish UEFA Chempionlar ligasining 2011—2012-yilgi mavsumi gʻolibini aniqlanishi kerak edi.

Bavariya bu oʻyingacha 8 marotaba final bahslarida ishtirok etib, 4 marotaba gʻalaba qozongan. Chelsi esa oʻzining 2-final oʻyinini oʻtkazdi va gʻalaba qozondi.

Bu Allianz Arenada (Fußball Arena Myunchen nomi bilan tanilgan) oʻtkazilgan birinchi Chempionlar ligasi finali edi. Har ikki jamoa oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl olishgan edi. Oʻshanda Bavariya Bazel, Marsel va Real Madridni magʻlub etib, finalga chiqdi, „Chelsi“ esa Napoli, Benfika va amaldagi chempion „Barselona“ni magʻlub etgan.

Stadion

Allianz Arena UEFA tomonidan 2010-yilning 30-yanvarida 2012-yilgi final oʻtkaziladigan joy sifatida eʼlon qilingan edi. Stadion 2005-yil ochilgan va Jahon chempionatining ochilish oʻyinini oʻzida qabul qilgan. Myunxenda boʻlib oʻtgan har bir finalda birinchi marotaba chempionga aylanadigan jamoa gʻalaba qozonar edi.

Finalga yoʻl (U: Uy uchrashuvlar; M: Mehmon uchrashuvlar).

BavariyaRaund ChelsiRaqibHisob1-o'yin2-o'yinKvalifikatsiya raundiRaqibHisob1-oʻyin2-oʻyin Zürich3–02–0 (U)1–0 (M)Pley-off bosqichiIshtirok etmaganRaqibNatijaGuruh bosqichiRaqibNatija Villarreal2–0 (M)1-Tur Bayer Leverkusen2–0 (U) Manchester City2–0 (U)2-Tur Valencia1–1 (M) Napoli1–1 (M)3-Tur Genk5–0 (U) Napoli3–2 (U)4-Tur Genk1–1 (M) Villarreal3–1 (U)5-Tur Bayer Leverkusen1–2 (M) Manchester City0–2 (M)6-Tur Valencia3–0 (U)RaqibHisob1-oʻyin2-oʻyinPley-off bosqichiRaqibHisob1-oʻyin2-oʻyin Basel7–10–1 (M)7–0 (U)Nimchorak final Napoli5–41–3 (M)4–1 (U) Marseille4–02–0 (M)2–0 (U)Chorak final Benfica3–11–0 (M)2–1 (U) Real Madrid3–3 2–1 (U)1–2 (M)Yarim final Barcelona3–21–0 (U)2–2 (M)

Oʻyindan oldin Chiptalar UEFA tomonida ikki jamoa muxlislari uchun 17500 ta chipta ajratilingan edi. Yana 7000 ta chiptalar UEFA.com orqali butun dunyo boʻylab muxlislarga sotilishi rejalashtirilgan edi. Chiptalarningning narxi 70 dan 370 yevrogacha belgilangan edi. Qolgan chiptalar mahalliy tashkiliy qoʻmita, UEFAning 53 milliy futbol assotsiatsiyasi hamda tijorat va translyatsiya hamkorlariga ajratilgan. Final elchisi Sobiq nemis futbolchisi Paul Breitner final elchisi etib tayinlangan edi. Hakamlar 2012-yil may oyida finalni nazorat qilish uchun portugaliyalik hakam Pedro Proença tayinlangan. Jamoalar tarkibi Har ikki klubda ham diskvalifikatsiya tufayli oʻyinchilar oʻyinda ishtirok eta olishmasdi. Bavariyada David Alaba, Holger Badstuber va Luiz Gustavo, Chelsida esa Branislav Ivanović, Raul Meireles, Ramires va John Terry oʻz jamoalariga yordam bera olishmagan.John Terry Barcelonaha qarshi oʻyinda qizil kartochka olganidan soʻng final oʻyinni oʻtkazib yuborishi malum boʻlgan.

Finaldagi 36 nafar futbolchidan faqatgina ikki futbolchi bungacha Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan edi. Chelsi tarkibidagi Paolo Ferreira va José Bosingwa bungacha Portu tarkibida ushbu turnirda gʻalaba qozongan edi. 2010-yilgi final baxsida Bavariyaning 18 nafar futbolchisidan 10 nafari ishtirok etgan edi. Chelsining 2008-yilgi magʻlubiyatidagi futbolchilardan 8 nafari ushbu finalgacha klubda faoliyat yuritib kelishar edi. Oʻyin

1 Manuel Neuer21 Philipp Lahm (c)17 Jérôme Boateng44 Anatoliy Tymoshchuk26 Diego Contento31 Bastian Schweinsteiger 39 Toni Kroos10 Arjen Robben25 Thomas Müller 7 Franck Ribéry 33 Mario GómezZahira:22 Hans-Jörg Butt5 Daniel Van Buyten 13 Rafinha14 Takashi Usami23 Danijel Pranjić9 Nils Petersen11 Ivica Olić Manager: Jupp Heynckes 1 Petr Čech17 José Bosingwa4 David Luiz 24 Gary Cahill3 Ashley Cole 12 Mikel John Obi8 Frank Lampard (c)21 Salomon Kalou 10 Juan Mata34 Ryan Bertrand 11 Didier Drogba Zahira:22 Ross Turnbull19 Paulo Ferreira5 Michael Essien6 Oriol Romeu15 Florent Malouda 9 Fernando Torres 23 Daniel SturridgeManager: Roberto Di Matteo

Manbalar

2012