Chuvash tili — turkiy tillarayan biri; Rossiya Federatsiyasining Chuvashiston, Tatariston, Boshkirdiston respublikalarida va ularga qoʻshni bir kancha viloyatlarda, shuningdek, Kozogʻiston va Ukrainada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari).

Chuvash tili yuqori (viryal) va quyi (anatri) laxjalariga boʻlinadi. Quyi lahja adabiy tilga asos boʻlgan. Chuvash tili oʻz taraqqiyoti tarixida avval skif, slavyan, finugor tillari, keyinchalik, tatar va boshqird tillari taʼsiriga uchraganligi tufayli boshqa turkiy tillardan bir qancha fonetik va grammatik oʻziga xosliklarga ega. Bunday tafovutlar unlilar soni (9 ta) va talaffuzida, otlardagi koʻplik qoʻshimchasining qoʻllanishida, ayrim sonlar va olmoshlarning shakliy koʻrinishida kuzatiladi. Leksikada qad. turkiy, moʻgʻul, finugor, eroniy tillardan, shuningdek, arab va rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar alohida qatlamni tashkil etadi.

Chuvash tilining dastlabki grammatikasi 1769-yilda nashr etilgan. XVIII asrda va XIX asrning 1yarmida lugʻatlar, liniy adabiyotlarning Chuvash tilidagi tarjimalari, folklor namunalari chop etiladi. Eski chuvash yozuvi asosan rus grafikasini qoʻllagan, 1871-yilda chuvash yozuvchisi va olimi I.Ya. Yakovlev yangi chuvash yozuvini yaratgan. 1933-yildan rus grafikasi asosidagi yangi alifbo joriy etilgan."" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Chuvash tili (chuvash tilida atalishi — Chӑvash chӗlxi) — Chuvashlarning milliy tili, Chuvashiston Respublikasining davlat tiliKonstitutsiya Chuvashskoy Respubliki. Statya 8. Chuvash tili turkiy tillarining bulgar guruhiga kiradi.Chuvashskiy yazik , statya v Chuvashskoy ensiklopedii.. Chuvash tilida gaplashuvchilar soni jahonda — 1,15 million kishiga yaqin (2010 yilgi sanoq); 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada Chuvashlar 1 million 637 ming kishini tashkil qildi; taxminan 55 % Chuvashistonda istiqomat qilishadi.

Alifbosi А a Ӑ ӑ Б b В v Г g Д d Е e Ё yo Ӗ ӗ Ж j З z И i Й y К k Л l М m Н n О o П p Р r С s Ҫ ҫ Т t У u Ӳ ӳ Ф f Х x Ц s Ч ch Ш sh Щ щ Ъ ʼ Ы i Ь Э e Ю yu Я ya

Chuvashcha son nomlari 1 — perre 2 — ikke 3 — vish 4 — tavattshea 5 — pillek 6 — ultta 7 — shichche 8 — sakkar 9 — tahhar 10 — vunna 11 — vunper 12 — vunikke 13 — vunvishshe 14 — vuntavatta 15 — vunpillek 16 — vunultta 17 — vunshichche 18 — vunsakkar 19 — vuntahhar 20 — shirem 30 — vatar 40 — hereh 50 — alla 60 — utmal 70 — shitmel 80 — sakarvunna 90 — taharvunna 100 — sher 1000 — pin

Adabiyot Baskakov A. N., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2izd., M., 1969.

Manbalar

Turkum:Tillar