Azob (boshqa nomlari: uqubat, aziyat, qiynalish) deb biror zarar yetganda yoki zarar yetishi ehtimoli paydo boʻlganda vujudga keladigan jismoniy holat yoki ruhiyRuhiy azoblarga misollar: qaygʻu, xafagarchilik, depressiya, jirkanish, jahl, nafrat, rashk, hasad, ichikish, hafsala pir boʻlishi, angst, qoʻrquv, panika, uyat, ayb, pushaymonlik, kamsitilish, zerikish, apatiya, umidsizlik, yolgʻizlik, sogʻinish va hk. yoqimsiz hissiyotlar majmuiga aytiladi. Azob salbiy affektdirJismoniy azobga misollar: ogʻriq, kuchli qichima, qitiq, ochlik, chanqoq va hk ..
Azob (arab. — qiynoq) — shariatda gunoh uchun belgilangan jazo. Gunoh uchun qozi tomonidan belgilanadigan jazo ham, narigi dunyoda beriladigan jazo ham azob deb atalganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Azob turli darajada taʼsir etishi, kuchsiz yoki kuchli boʻlishi mumkin. Bu intensivlikka davomiylik va tez-tezlik faktorlari taʼsir qiladi. Azob ongli mavjudotlar hayotlarida turlicha namoyon boʻladi. Uni atrofdagilar payqamasligi yoki aksincha, u dramatik sodir boʻlishi mumkin. Inson faoliyatining koʻp sohalari azobni yengish (psixologik yordam, tibbiyot, yupatish) yoki ishlatish (qiynash, jazolash) ga qaratilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Tibbiyot