Palau (rasman: Palau Respublikasi, inglizcha: The Republic of Palau) – Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi Karolina orollari turkumidagi 8 ta yirik orolda joylashgan davlat. Baʼzan Belau deb talaffuz etiladi. Orollarning eng kattasi – Babeltuap oroli. Maydoni 459 km². (177 sq mi, 180-oʻrin). Aholisi – 17 678Manba: Worldometer (www. Worldometers.info)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Aholishunoslik boʻlimi tomonidan maʼlumotlarni ishlab chiqish. Jahon aholisining istiqbollari: 2024 yilgi qayta koʻrib chiqish. (Oʻrta tugʻilish varianti). kishi (2025-yil 15-yanvar). Maʼmuriy-hududiy jihatdan 16 shtat (state)ga boʻlinadi. Poytaxti – Ngerulmud shahri.
Geografiya Barcha yirik orollari vulqon harakati natijasida vujudga kelgan, ular marjon riflari bilan oʻralgan. Fosfat konlari bor. Iqlimi nam, tropik iqlim. Yillik yogʻin 2250 mm dan 3000– 4500 mm gacha, Kusane o. togʻlarida 6000 mm. Vulkan orollarida doim yashil oʻrmon va savannalar; marjon orollarida, asosan, kokos palmasi va pandanus daraxti oʻsadi. Hayvonot dunyosi shimoliy orollarda mayda kemiruvchilar, kaltakesak, ilonlar va janubiy orollarda turli qush va hasharotlardan iborat. Sohil boʻyi suvlarida baliq koʻp.
Demografiyasi Aholisi – mikronezlar. Rasmiy til – ingliz va belau (palau) tillari. Dindorlarning aksariyati – katoliklar.
Davlat tuzumi Palau – respublika, AQSH bilan „erkin uyushgan“ davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1981-yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Tomas Remengesau), aholi tomonidan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (senat va delegatlar palatasi) Milliy kongress (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tarixi Palau arxipelagi orollarida odamlar Okeaniyadagi boshqa barcha orollarga nisbatan ilgariroq, bir necha ming yil avvaldan yashab keladi, deb taxmin qilinadi. Bu yerga yevropaliklardan birinchi boʻlib ispanlar 1710-yilda kelganlar. 1783-yil Angliya kemasi halokatga uchrashi oqibatida orolga keltirilgan kasalliklar natijasida 50 ming aholidan 5 mingi omon qoddi. 1886-yil hudud Ispaniya mustamlakasiga aylandi, 1889-yilda Germaniyaga sotib yuborildi, Birinchi jahon urushi vaqtida yaponlar bosib oldi va 1944-yilgacha ularning boshkaruvida boʻldi. 1947-yil BMT karoriga koʻra, AQSH boshqaruviga oʻtdi. 1993-yil noyabrdagi referendum ishtirokchilari AQSH ga ixtiyoriy ravishda qoʻshilish uchun ovoz berdi. 1994-yil 1-oktabrdan Palau Respublikasi AQSH bilan „erkin uyushma“ doirasida mustaqillikka ega boʻldi. U oʻzini oʻzi idora qilsa ham, ammo mudofaa, moliya, tashqi ishlar masalalarini AQSH boshqaradi. Palau – 1994-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 1-oktabr – Mustaqillik kuni (1994).
Xalq xoʻjaligi Vulqonlardan hosil boʻlgan unumdor yerlarda tapiok, kokos, meva va sabzavot yetishtiriladi, baliq ovlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Keyingi vaqtda sayyohlik iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb eta boshladi. Rohatijon qum sohillar sayyohlarni koʻproq jalb etadi. Elektr energiya 16 ming kVtsoat quvvatli elektr styasida hosil qilinadi. Chetga kokos yongʻogʻi, tunets baligʻi sotadi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, yoqilgʻi oladi. AQSH va Tinch okean mintaqasi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi – AQSH dollari.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Siyosiy partiyalar yoʻq. Matbuoti „Palau gazett“ („Palau gazetasi“, oyda bir marta ingliz tilida chiqadigan hukumat gazeta) va „Tia Palau“ („Bu – Palau“, ingliz va maqalliy tillarda chiqadigan gazeta)dan iborat. „Palau neshnl komyunikeyshnz korporeyshn“ radioeshittirish kompaniyasi va 2 telemarkaz borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Okeaniya mamlakatlari Turkum:Palau Turkum:BMT aʼzolari