Karlsrue — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 276,5 ming kishi (1998). K. — transport yoʻllarining yirik tuguni, daryo porti. Kanal orkali Reyn daryosiga chiqiladi. Neftni qayta ishlash (neft quvurlar orqali Marseldan keltiriladi), transport (stanok, vagon, lokomotiv) va elektrotexnika mashinasozligi, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahardan 10 km narida (Leopoldxafen) atom tadqiqotlari markazi joylashgan. Unt, Texnologiya instituti, Tasviriy sanʼat Davlat akademiyasi, Baden oʻlka muzeyi, Kunstxalle badiiy muzeyi, botanika va hayvonot boglari mavjud. K. 1715 yilda markgraf Karl Vilgelm tomonidan bunyod etilgan. XVIII—XIX asrlarda qurilgan saroy va bogʻlar bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Karlsruhe Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahar. Ushbu shahar Maydoni — 173,46 km2. 294 761 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Geografiyasi Hududi Karlsruhening hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

Fotogalereya

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Baden-Vyurtemberg shaharlari Turkum:Tarixiy mamlakatlar poytaxtlari