Denisov tumani — Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. 1938-yili tashkil topgan. Maydoni 6,8 ming km². Aholisi 29,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 3,5 kishidan toʻgʻi keladi (2006). Tumanning maʼmuriy markazi — Denisovka qishlogʻi.
Aholisi Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi hisob boʻyicha 21,626 kishi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010yil): ruslar — 7 521 kishi (34,78 %) qozoqlar — 6 480 kishi (29,96 %) ukrainlar — 3 905 kishi (18,06 %) olmonlar — 1 499 kishi (6,93 %) beloruslar — 639 kishi (1,95 %) tatarlar — 372 kishi (1,72 %) boshqirdlar — 215 kishi (0,99 %) boshqalari — 995 kishi (4,60 %) Umumiy — 21 626 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 — 300 mm.
Qisqacha maʼlumot Tuman qishloq xoʻjaligiga foydalaniladigan eri 452,5 ming ga, shulardan 329,7 ming ga ekinzor, 116 ming ga yaylov. Denisov tumani orqali gʻabrdan sharqqa tomon Aqmola — Qartali temir yoʻli, janubi-sharqqa tomon Qoʻstanay — Jitiqara temir yoʻli, shuningdek respublika ahamiyatiga ega Qoʻstanay — Rudniy — Toʻbil — Jitiqara avtomobil magistrali oʻtadi.Qozoq ensiklopediyasi
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari