thumb|right|250px|Halokatga uchragan Qozogʻiston chegara xizmatiga qarashli Antonov An-72 uchogʻi.

2012-yilgi Chimkent aviahalokati 2012-yil 25-dekabrda Qozogʻistonning Chimkent shahridan 20 km masofada sodir boʻldi .

Antonov An-72 uchogʻi Ostonadan Chimkentga uchayotgan boʻlib, bortida 27 kishi – yetti nafar ekipaj aʼzosi va yigirma nafar qozoq chegarachilari, jumladan Qozogʻiston chegara xizmati direktori polkovnik Turganbek Stambekov bor edi.

Halokat mahalliy vaqt bilan 19:00 atrofida roʻy berdi. Mahalliy OAV xabar berishicha, uchoq 800 m balandlikdan qulab tushgan . Qutqaruvchilar voqea joyiga kelishganida uchoq butkul yonib bitgan edi.

Hamdardlik va motam Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

2012-yil 27-dekabrda davlatimiz rahbarining farmoyishi bilan harbiy xizmatchilar halok boʻlgani munosabati bilan milliy motam eʼlon qilindi. Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari, parlament Majilisi (quyi palatasi) deputatlari va palata apparati xodimlari bir kunlik ish haqini halok boʻlgan chegarachilarning oilalariga oʻtkazib berishdi. Chimkentda motam kuni chegarachilar haykali yonida yuzlab odamlar yigʻildi. Harbiy xizmatchilar va mahalliy aholi halok boʻlgan hamkasblari xotirasiga gul qoʻyib, shamlar yoqdi. Chegarachilar haykali poyiga gul qoʻygandan soʻng, hamma „Ontustik“ hududiy boshqarmasiga yoʻl oldi, kirish eshigi oldida halok boʻlgan chegarachilarning fotosuratlari oʻrnatildi, gullar qoʻyildi.

30-dekabr kuni Chimkent shahridagi yopiq yengil atletika arenasi binosida marhumlar bilan vidolashuv marosimi boʻlib oʻtdi.

Manbalar

Turkum:2012-yil voqealari Turkum:Aviahalokatlar Turkum:Chimkent

Turkum:Turkiston viloyati tarixi Turkum:25-dekabr voqealari