Bolton, Boltonle-Murs — Buyuk Britaniyaning Lankashir grafligidagi shahar. Aholisi 263 ming kishi. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoatining qadimiy (XIV asrdan) markazi. Ip gazlama korxonalari, mashinasozlik, jumladan transport mashinasozligi, avto va aviasozlik uchun qismlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, metallurgiya, qogʻoz, kimyo, tikuvchilik sanoati korxonalari bor.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Buyuk Britaniya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar