Moqot — Atirov viloyati Moqot tumanining markazi, qishloq (1934-yildan buyon). Atirov shahrida shimoli-sharqqa tomon 120 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 14 756 ming kishi (2012). Poydevori 1915-yili Embi-Kaspiy rus-ingliz korxonasining shu paytda dastlab neft ishlashiga (1913) bogʻliq qurildi.

Sanoati Moqot viloyatdagi neft qazib olish sanoatining asosiy markazi va yirik temir yoʻl yoʻnalishi boʻlib hisoblanadi. Qishloqda Moqot neft-gaz boshqarmasi, Moqot lokomotiv deposi, Moqot temir yoʻl stansiyasi, avtomobil va temir yoʻl vokzallari, Dossor avtomabil taʼmirlash zavodi, savdo nuqtalari, tikish fabrikasi faoliyat yuritmoqda.

Transport Moqot orqali Atirov — Orsk va Qoʻngʻirot — Beynev — Moqot — Inderbor temir yoʻllari kesishadi. Respublika ahamiyatiga ega Atirov — Moqot — Qandiagʻash — Orsk avtomobil yoʻli va 1968-yili barpo etilgan Oʻrta Osiyo — Markaziy gaz quvuri oʻtadi. Qazaq ensiklopediyasi 6 tom

Manbalar

Turkum:Atirov viloyati Turkum:Qozogʻiston qishloqlari