thumb|Oʻzbeklar

Oʻzbeklar — turkiy xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (35 million), Tojikistonda (2,5 mlndan ortiq), Qirgʻizistonda (1 million kishi), Qozogʻistonda (1 mlndan ortiq kishi), Turkmanistonda (1,2 mlndan ortiq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (8,5 million kishi), Rossiyada (300 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (15 ming kishi, 2010-yil), Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dini — sunniy musulmonlar.

Oʻzbeklar etnogenezi thumb|Gʻarbiy turklar tangasi. Shoxi tegin. 679 yil, Toxariston thumb|left| Shoxi tegin tangasi. VII asr, Toxariston Oʻzbeklar Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — Movarounnahrda, Xorazm va Shimoliy Afgʻonistonda shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan mahalliy sugʻdiylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, fargʻonaliklar, koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi sharqiy eroniy tillarida soʻzlashuvchi guruhlar va har xil turkiy urugʻlar tashkil etganShoniyozov K., Oʻzbek xalkining shakllanish jarayoni xakida baʼzi fikr-muloxazalar // Obщestvennie nauki v Uzbekistane№ 6, 1996Zuev Yu. A. K etnicheskoy istorii usuney // Trudi Instituta arxeologii i etnografii AN KazSSR. T. 8. Alma-Ata, 1960. S. 23.. Shuningdek, miloddan avvalgi II asrdan boshlab avvalgi Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan turkiy qabilalar ham oʻzbeklar etnik tarixida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida soʻnggi jez davridayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va assimilyatsiya jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan.

Maʼlumki, miloddan avvalgi III asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. Qangʻ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Shoniyozov K., Oʻzbek xalkining shakllanish jarayoni xakida baʼzi fikr-muloxazalar // Obshestvennie nauki v Uzbekistane. № 6, 1996Zuev Yu. A. K etnicheskoy istorii usuney // Trudi Instituta arxeologii i etnografii AN KazSSR. T. 8. Alma-Ata, 1960. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan.

Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan.Trudi Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspeditsii, t. XIV. M., „Nauka“, 1984 Baʼzi tadqiqotchilar hun tilini turkiy deb tasniflaydilar.Tenishev E. R. Gunnov yazik // Yaziki mira: Tyurkskie yaziki. — M., 1997. — S. 52-53.

Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda milodiy IV—V asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan siljigan xioniylar, kidariylar va eftaliylardir. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan.Etienne de la Vaissiere, Is there a „Nationality of the Hephtalites?“ in Bulletin of the Asia institute. New series. Volume 17. 2003. , p. 129—130

Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan Turk xoqonligi (VI—VIII asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Fargʻona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan. thumb|right| Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil

VIII asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, arablar (VII—VIII asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, IX asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, IX—X asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan.

Manbalarda koʻp sonli turk-soʻgʻdiy nikohlari va oilaviy aloqalar qayd etilgan. Gʻarbiy Turk xogonligi hukmdori Ton-yabgu xoqon (618-630) davrida Samarqand hukmdori bilan oilaviy munosabatlar oʻrnatildi — Ton-yabgu xoqon unga qizini berdi. 711-yil 27-aprelda tuzilgan nikoh shartnomasiga koʻra, Turkiylar vakili Oʻt-tegin va soʻgʻdiy Dugʻdgoncha oʻrtasidagi nikoh qayd etilgan. Shunday qilib, qadimgi Soʻgʻdda oʻtroq aholisining bir qismini, eroniyzabon Suʼgʻdiylar bilan bir qatorda turkiyzabon aholi tashkil qila boshlagan. Turkiy-soʻgʻdiy madaniy aloqalar kuchli bolgan. Muʼg hujjatlarining soʻgʻdiycha matnlarida turkiy tildan kirib kelgan soʻzlar mavjud: yttuku — „joʻnatish“, „elchixona“; bediz va boshqalar. Mashhur sharqshunos M. Andreevning soʻzlariga koʻra, sugʻd tilidan baʼzi soʻzlar oʻzbek tilida uchraydi, masalan, kup — koʻp (oʻzbekcha koʻp), katta — katta (oʻzbekcha katta), kalta — qisqa yoki yosh (oʻzbekcha kalta).Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul’tet SPbGU, 2005, s. 97; Livshits V. A., Sogdiyskaya epigrafika Sredney Azii i Semirechya. Spb.: filologicheskiy fakul’tet SpbGU, 2008; Kamaliddinov SH. S., Mukhammedov U. Z., Novyye dannyye po istorii Sredney Azii epokhi arabskikh zavoyevaniy//ONU, № 12, 1997, s. 91; Marshak Boris. Legends, tales and fables in the art of Sogdiana with an appendix by V. A. Livshits. New York: Bibliotheca persica press, 2002. R.168; Livshits V. A. Sogdiytsy v Semirech’ye: lingvisticheskiye i epigraficheskiye svidetel’stva.//Krasnaya rechka i Burana. — Frunze. 1989, s. 79-80

Oʻzbeklarning Turk xoqonligi davridagi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).

Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni thumb|Samarqand shahridagi Qoraxoniylar sulolasining qarorgohi, 11-13 asr boshlari, hozigi Afrosiyob xarobalari Qoraxoniylar davrida (X—XII asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan oʻzbek xalqi etnogenezining yakuniy bosqichi boshlandi. Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi koʻchmanchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yagʻmo, tuxsi, xalach, argʻin, oʻgʻuz, qipchoq, uz, qangʻli singari urugʻlar oʻzlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 — XII asrning 1-yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.Sovetskaya istoricheskaya ensiklopediya. T.14. M., 1973, S.667

X asrga kelib Qoraxoniylar davlatida qadimiy turkiy yozma matnlar anʼanalarini davom ettirgan holda adabiy til rivojlandi. 10 asr rasmiy qoraxoniylar tili qadimgi qarluk lahjalari grammatik tizimiga asoslangan edi.Istoriya i kul’tura tyurkov v Litve. Sbornik nauchnykh statey mezhdunarodnoy konferentsii. Vilniaus universiteto leidykla VILNIUS 2014, s.157-160Borovkov, A. K. Leksika sredneaziatskogo tefsira: XII—XIII vv. M., 1963

XIII asr boshlarida Chingizxon istilosi davrida moʻgʻul qoʻshinlari tarkibida koʻp sonli turkiy etnoslar ham kirib keldi. XV asrga qadar esa ushbu etnoslarning deyarli koʻp qismida mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni sodir boʻldi va ular shakllangan oʻzbek elatining keyingi taraqqiyotida malum darajada iz qoldirdilar.

Chigʻatoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashib, bu til ilmiy adabiyotlarda „turkiy“ yoki „chigʻatoy turk“ tili deb nomlangan.

Movarounnar va Xurosonni bir davlatga birlashtirgan Amir Temur turkiy adabiy tilni rivojlantirishga alohida eʼtibor bergan. 1391-yilda Toʻxtamishga qarshi yurish paytida Temur Oltin Shokiy togʻining yonida chigʻatoy tilidagi va arab tilida matnini oʻz ichiga olgan yozuvni yozishga buyurdi. Asl nusxada, xususan, shunday yozilgan edi… Turonning sultoni Temurbek uch yuz ming cherik birla islom uchun Tuktamish hon bulgʻar xoniga yuridi…Grigor’yev A. P., Telitsin N. N., Frolova O. B. Nadpis' Timura 1391 g. // Istoriografiya i istochnikovedeniye istorii stran Azii i Afriki. Vyp. XXI. — SPb.: SPbGU, 2004. — S. 24.

Ayniqsa, taraqqiy etgan oʻzbek adabiy tili Alisher Navoiy davrida eng yuqori nuqtaga koʻtarildi. Ammo xalqning jonli tili koʻp dialektli boʻlib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva — qarluq, qipchoq va oʻgʻuz dialektlari asos boʻlgan. Maʼlumki, shakllangan oʻzbek elatining Amir Temur va temuriylar davridagi etnik tarixi va etnomadaniy taraqqiyotiga barlos, jaloyir, qavchin, arlot, qipchoq kabi etnik guruhlar ham faol taʼsir qilgan.

Yarim koʻchmanchi oʻzbeklarning yetakchisi Shayboniyxonning oʻzbek tilining rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Uning Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tilida yozilgan sheʼrlar toʻplami hozir Istanbuldagi Topkapi qoʻlyozmalar toʻplamida saqlanmoqda. Uning falsafiy va diniy asarining qoʻlyozmasi: 1508-yilda Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tilida yozilgan „Bahr ul-Xudo“ Londonda saqlanadi. Shayboniyxon 1507-yilda Xurosonni qoʻlga kiritgandan koʻp oʻtmay Oʻrta Osiyo turkiy — chigʻatoy tilida „Risola-yi maorif-i Shayboniy“ nomli nasriy asar yozgan va uning oʻgʻli Muhammad Temurga bagʻishlangan (qoʻlyozma Istanbulda saqlanmoqda).A. J. E. Bodrogligeti, „MuÌammad Shaybænî’s Bahru’l-huda : An Early Sixteenth Century Didactic Qasida in Chagatay“, Ural-Altaische Jahrbücher, vol.54 (1982), p. 1 and n.4

Oʻzbeklarning 9-16 asrlardagi tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Masalan V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Aleksandr Bernshtam, M.Masson, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh. Kamoliddinov, Ahmadali Asqarov, Khudoyberdi Doniyorov, Mutal Ermatov, Mavlon Vaxobov, Karim Shoniyozovlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan.

Etnonim