Atsetillash — Organik birikmalardagi vodorodni sirka kislota qoldigʻi (CH3CO) ga almashtirish usuli. Atsetillash uchun, odatda, sirka angidriddan yoki atsetil xloriddan foydalaniladi. Atsetillash sanoatda atsetat ipak, aspirin, xushboʻy murakkab efirlar va b. olishda qoʻllanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Kimyo