Briqueville-la-Bloutte ( Brikvil-la-Bluyet) kommunasi Bricqueville-la-Bloutte — Fransiyaning shimoli- g'arbidagi Normandiya mintaqasi, Mansh( Manche) departamentida joylashgan kommunadir. Kutans ( Coutances) okrugi tarkibiga kiradi. Komunada yashovchi aholi farnsuz tilida Bricquevillais deb ataladi.

Joylashuvi: Kommuna Kutans shahridan bor-yog'i 4km g'arbda, La-Mansh bo'g'ozining qumli qirg'oqlaridan ( Agon-Countainville) esa taxminan (km uzoqlikda joylashgan.

Gidrografiyasi (Suv tizimi): Kommunaning janubiy chegarasi bo'ylab Sein daryosining irmog'i hisoblangan Sul ( Soules) daryosi oqib o'tadi.

Maydoni va balandligi: Umumiy maydoni 6.25 km2. Dengiz sathidan eng past nuqtasi 5metr, eng baland nuqtasi esa 96 metrni tashkil qiladi.

Iqlim: Okean iqlimiga ega. Yozi salqin (o'rtacha 15.5o C). Yog'ingarchilik nisbatan yuqori (yiliga 850 mm).

Tarixi va nomining kelib chiqishi Toponimika: "Bricqueville" nomi o'rta asrlarga borib taqaladi. "Villie" qismi gall-rim tilida "qishloq xo'jaligi mulki, ferma" deganini yuritsa, "bricque" qismi skandinaviycha(vikinglar) Briki degan shaxs ismidan olingan deb taxmin qilinadi ( ya'ni "Briki ismi sahxsning fermas"). "La-Blouette" qo'shimchasi esa qadimgi german tilida blao ( och rang, ko'kish-kulrang) so'zidan kelib chiqqan.

Ma'muriy boshqaruv Mér (hokim): 2020- yildan beri kommunani Rodolphe Jardin (Rodolf Jardin) boshqarib kelmoqda (vakolat muddati 2026–2032 yillar).

Pochta indeksi: 50200.

540 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 85,7 nafar kishi.

Geografiyasi Maydoni — 6,3 km2.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Manche shaharlari