Leonid Nikolayevich Babushkin (1902.23.3, Toshkent – 1976.26.5) – geograf, agrometeorolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). Geografiya fanlari doktori (1950), professor (1952), Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1926). Oʻrta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Babushkin Leonid Nikolayevich vazirligida bosh agrometeorolog (1941–1946), Oʻrta Osiyo universiteti tabiiy geografiya kafedrasi oʻqituvchisi, dotsent, professor, kafedra mudiri (1947–1976), 1955–1961 yillarda ilmiy ishlar boʻyicha universitet prorektori. Babushkinning ilmiy ishlari agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik va tabiiy geografiya masalalariga bagʻishlangan. Sugʻorma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va Oʻrta Osiyoni tabiiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1902-yilda tugʻilganlar Turkum:23-martda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:26-mayda vafot etganlar Turkum:Geograflar