Pyer Buger (Bouguer) (1698.16.2, LeKruzaik, Bretan—1758.15.8, Parij) – fransuz fizigi, Fransuz Fanlar akademiyasi (Parij) aʼzosi (1731). Fotometriya asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari optika, geodeziya va gidrografiyaga doir. Buger dunyoda birinchi boʻlib yorugʻlik miqdori tushunchasini fanga kiritgan, muhitda yorugʻlikning kuchsizlanish qonunini ochgan (1729) (qarang Buger – Lambert—Ber qonuni). Buger kemasozlik taraqqiyotida muhim boʻlgan navigatsiyaga doir risolalar muallifi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Matematiklar