Bursa, Brusa — Turkiyaning shim.gʻarbidagi shahar. Bursa elining maʼmuriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, sement, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Ipakchilik, ip gazlama, tamaki, yogʻmoy, koʻn poyabzal, avtomobil korxonalari bor. B. miloddan avvalgi II asrdan maʼlum. 1326—65 yillarda Usmonli turklar saltanatining poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ulugʻ jome (1396— 1400) masjidi, Murod II masjidi (1424—27), Yashil jome (1424) masjidi, shifoxona (1394) va boshqa saqlangan. Unt bor.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Turkiya shaharlari Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Turkiyadagi qadimgi yunon arxeologik yodgorliklari