Luis Buñuel (; 1900-yil 22-fevral, Calanda — 1983-yil 29-iyul, Mexiko) — Fransiya, Meksika va Ispaniyada ijod qilgan ispaniyalik va meksikalik kinorejissyor. Koʻplab kino tanqidchilari, tarixchilar va rejissyorlar uni kino tarixidagi eng taʼsirli ijodkorlardan biri deb hisoblaydi.
Buñuel 1961-yilgi Cannes kinofestivalida „Viridiana“ filmi uchun „Oltin palma novdasi“ni, 1972-yilda „Burjuaziyaning sezilmas jozibasi“ filmi uchun „Oscar“ mukofotini olgan. U Cannes kinofestivalida beshta, Berlin kinofestivalida ikkita mukofotga sazovor boʻlgan, shuningdek, BAFTA mukofoti sovrindoridir. 1968 va 1972-yillarda abiyot boʻyicha Nobel mukofotiga ikki marta nomzod qilib koʻrsatilgan.
Biografiyasi
Buñuel Ispaniyaning Aragon viloyatidagi Calanda shaharchasida tugʻilgan. Otasi Leonardo Gavanada temir savdosi bilan shug'ullangan, 1898-yilda tugʻilgan shahriga qaytgan, Luis yetti farzandning toʻngʻichi boʻlgan. Tez orada oila Saragosaga koʻchib oʻtgan, u yerda Luis yetti yoshidan Iyezuitlarning qattiqqoʻl maktabida taʼlim olgan. 1917-yilda Madrid universitetiga oʻqishga kirib, agronomiya, sanoat muhandisligi va falsafani oʻrgangan. Talabalar turar joyi — Residensiya de Estudiantesda rassom Salvador Dali va shoir Federico García Lorca bilan yaqin doʻst boʻlgan. 1925-yilda Parijga koʻchib, rejissyor Jan Epshteyn kino maktabida oʻqigan va uning yordamchisi boʻlib ishlagan.
Buñuel 1934-yilda Janna Rukarga uylangan, ularning ikki oʻgʻli boʻlgan. U 1983-yil 29-iyulda Mexiko shahrida 83 yoshida vafot etgan.
Kino faoliyati
1929-yilda Salvador Dalí bilan birgalikda 16 daqiqalik „Andalusiyalik it“ (Un Chien Andalou) qisqa metrajli filmini suratga olgan. Unda ayol koʻzining ustara bilan kesilishi kabi lol qoldiruvchi tasvirlar bor, film fransuz syurrealistlari tomonidan qizgʻin kutib olingan. Ikkinchi hamkorlik — „Oltin asr“ (L'Âge d’Or, 1930) katolik cherkoviga qarshi hujum sifatida katta janjalga sabab boʻlgan va Parij politsiyasi tomonidan taqiqlangan. 1933-yilda Ispaniyaning eng kambagʻal hududlaridan biri haqidagi „Las-Urdes: Nonsiz oʻlka“ hujjatli filmini yaratgan. Ispaniya fuqarolar urushi (1936–1939) davrida Respublika hukumati uchun targʻibot filmlarini nazorat qilgan, 1938-yildan esa AQShda — Zamonaviy sanʼat muzeyida va „Warner Brothers“ kompaniyasida ishlagan.
1940-yillar oʻrtalarida prodyuser Oskar Dansigers bilan hamkorlik boshlab, umrining oxirigacha Meksikada yashagan va u yerda 18 yil ichida 21 ta film suratga olgan. „Katta kazino“ (1947) filmi muvaffaqiyatsiz chiqqach, ikki yildan ortiq rejissyorlik qilolmagan, biroq „Buyuk telba“ (1949) kassada yaxshi tushum keltirgach, „Unutilganlar“ (Los olvidados, 1950) filmini suratga olgan. Meksika koʻchalarida qolgan bolalar haqidagi bu film vatanida dastlab yomon kutib olingan, ammo 1951-yilgi Cannes kinofestivalida unga „Unutilganlar“ filmi uchun eng yaxshi rejissyor mukofoti berilgan. 1949-yilda u Ispaniya fuqaroligidan voz kechib, Meksika fuqaroligini olgan. 1954-yilda ingliz tilida suratga olingan „Robinzon Kruzo“ uning birinchi rangli filmi boʻlgan.
1961-yilda Ispaniyada suratga olingan „Viridiana“ filmi uchun „Oltin palma novdasi“ bilan taqdirlangan. Film Franko diktaturasini tanqid qilgan, Vatikan tomonidan qoralangan va Ispaniyada 17 yil davomida taqiqlangan. Keyinchalik Fransiyada prodyuser Serj Silberman va ssenariynavis Jean-Claude Carrière bilan hamkorlik qilib, „Xizmatkorning kundaligi“ (1964), „Kun go‘zali“ (1967), „Burjuaziyaning sezilmas jozibasi“ (1972) va „Erkinlik sharpasi“ (1974) filmlarini yaratgan. Ulardan uchinchisi eng yaxshi xorijiy film uchun „Oscar“ mukofotini olgan. „Xohishning o‘sha yashirin manbasi“ (1977) filmidan keyin kinodan ketgan va 1982-yilda xotiralarini „So‘nggi xoʻrsinishim“ (Mon dernier soupir) nomli kitobda yozgan.
Filmografiyasi
Badiiy filmlari
Yil Film nomi Asl nomi Izoh 1930 „Oltin asr“ L'Âge d’Or Fransuz tilida 1947 „Katta kazino“ Gran Casino 1949 „Buyuk telba“ El gran calavera 1950 „Unutilganlar“ Los olvidados Cannes kinofestivalida eng yaxshi rejissyor va FIPRESCI mukofoti 1951 „Susana“ Susana 1951 „Firibgar qiz“ La hija del engaño 1952 „Jannatga koʻtarilish“ Subida al cielo 1952 „Sevgisiz ayol“ Una mujer sin amor 1953 „Qoʻpol“ El bruto 1953 „U“ Él 1954 „Orzu tramvayda sayohat qiladi“ La ilusión viaja en tranvía 1954 „Ehtiros tubsizliklari“ Abismos de pasión 1954 „Robinzon Kruzo“ Robinson Crusoe Ingliz tilida, birinchi rangli film 1955 „Daryo va oʻlim“ El río y la muerte 1955 „Jinoyatga urinish“ Ensayo de un crimen 1956 „Bu tong otishi deyiladi“ Cela s’appelle l’aurore Fransuz tilida 1956 „Bogʻdagi oʻlim“ La mort en ce jardin Fransuz tilida 1959 „Nazarin“ Nazarín 1959 „El-Paoda keskinlik kuchaymoqda“ La fièvre monte à El Pao Fransuz tilida 1960 „Yosh ayol“ La joven Ingliz tilida 1961 „Viridiana“ Viridiana „Oltin palma novdasi“ 1962 „Halokat farishtasi“ El ángel exterminador 1964 „Oqsochning kundaligi“ Le journal d’une femme de chambre Fransuz tilida 1967 „Kun go‘zali“ Belle de jour Fransuz tilida 1969 „Somon yoʻli“ La voie lactée Fransuz tilida 1970 „Tristana“ Tristana 1972 „Burjuaziyaning sezilmas jozibasi“ Le charme discret de la bourgeoisie Fransuz tilida, „Oscar“ (eng yaxshi xorijiy film) 1974 „Erkinlik sharpasi“ Le fantôme de la liberté Fransuz tilida 1977 „Xohishning o‘sha yashirin manbasi“ Cet obscur objet du désir Fransuz tilida, oxirgi film
Qisqa va oʻrta metrajli filmlari
Yil Film nomi Izoh 1929 „Andalusiyalik it“ (Un Chien Andalou) Salvador Dali bilan hammuallifda; 16 daqiqa 1930 „Dengiz kirpilarini yeyish“ (Menjant garotes) Hujjatli qisqa metrajli film 1933 „Las-Urdes: Nonsiz oʻlka“ (Las Hurdes: Tierra sin pan) Hujjatli, oʻrta metrajli film 1937 „Ispaniya, 1936“ (España, 1936) Ispaniya Respublikasi uchun targʻibot filmi 1965 „Sahrodagi Simon“ (Simón del desierto) Oʻrta metrajli film
Manbalar
Havolalar
Luis Bunyuel — Britannica entsiklopediyasida
Turkum:22-fevralda tugʻilganlar
Turkum:1900-yilda tugʻilganlar
Turkum:1983-yilda vafot etganlar
Turkum:Ispaniyalik kinorejissyorlar
Turkum:Meksikalik kinorejissyorlar