Abduzuhur Abdumajidovich Abduazizov (1938-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2014-yil 12-aprel, Toshkent) — oʻzbekistonlik tilshunos, filologiya fanlari doktori (1975-yil), professor (1978-yil), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni sohibi (1995-yil).

Faoliyati 1961-yilda Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan; 1968—1981- va 1983—1991-yillarda shu institut ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasining mudiri; 1981—1983-yillarda Kobul universitetida maslahatchi-professor; Toshkent davlat universiteti qiyosiy-tipologik tilshunoslik kafedrasi mudiri (1991—?).

Ingliz va oʻzbek tillari unli fonemalarining qiyosiy tahlili mavzuida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, fonetika va fonologiya, oliy oʻquv yurti uchun chet tillarini oʻqitish uslubiyotiga doir darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Asarlari rus, ingliz va dari tillarida nashr etilgan.

Mashhur asarlari Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi (1992)"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Tilshunosllika kirish (1981-yil, Oʻqituvchi) .

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston tilshunoslari