Abidjan — Kot-d’Ivuarda joylashgan shahar (1960 — 1983-yillarda poytaxt) va asosiy portlardan biri. Abidjan departamentining maʼmuriy markazi. Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan boʻlib, maydoni qariyb 20 km². Aholisi shahar atrofi bilan 2 million kishi (1985-yil), asosan afrikaliklar. Abidjan — Afrikadagi zamonaviy shaharlardan. Abidjanga XIX asrning 80-yillarida fransuzlar asos solgan. 1934-yildan Fransiyaning Fil Suyagi Qirgʻogʻi mustamlakasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning tashqi savdosi Abidjan orqali olib boriladi. Abidjan Gʻarbiy Afrikaning eng yirik portlaridan biri, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash (Gʻarbiy Afrikadagi eng katta neftni qayta ishlash zavodi), yengil sanoat korxonalari mavjud. Universitet, Dakardagi Qora Afrika institutining filiali, bir necha teatr, kutubxonalar, radiostansiya, telemarkaz va boshqa bor.
Manbalar
Turkum:Kot-dʼIvuar Turkum:Shaharlar