Abonentlar telegraf aloqasi — telegraf apparatlari orqali korxona va muassasalar oʻrtasida mustaqil telegraf aloqasi oʻrnatish. Abonentlar telegraf aloqasi oʻrnatish uchun avtomat yoki dastaki telegraf stansiyasi va telegraf apparatlaridan tashqari maxsus chaqirish va raqam terish moslamalari ham boʻlishi kerak. Telegraf apparatlari aloqa liniyasi (yoʻli) orqali telegraf stansiyasiga ulanadi. Telegraf stansiyasining ishlash tarzi avtomat telefon stansiya (ATS)ning ishlash tarzidan farq qilmaydi. Abonentlar telegraf aloqasi axborotlarni kecha-kunduz ayirboshlash imkoniyatini beradi (yana qarang: Teleks). Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Abonentlar telegraf aloqasi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.