Ayozkoʻl – Sulton Uvays togʻlarining sharqiy etagidagi koʻl. Ayoz qal’a balandligi (170 m) va Koʻkcha balandligi (169 m) oraligʻida. Mutlaq balandligi 91 m. Toʻrtkoʻl va Ellikqal’a tumanlaridan qaytgan zovur suvlari hisobiga 80-yillarning boshlarida vujudga kelgan. Uzunligi 20–25 km, eni 4 km, oʻrtacha chuqurligi 1,5–2 m. Qirgʻoqlari va koʻlning bir qismi qamishzorlar bilan band. Suvi tiniq, minerallashuv darajasi 1 l suvda oʻrtacha 10–12 g va undan ortiq. Baliqchilikda foydalaniladi.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Qoraqalpogʻiston koʻllari