Akvamarin (lotincha aqua marina – dengiz suvi) – mineral. Qattiqligi 7,5- 8. Akvamarin 2,63-2,80. Rangi zangori, koʻkimtir-yashil yoki kulrang-zangori. Geksagonal prizmasimon choʻziq shaklga ega. Akvamarin granit pegmatitlarida va yuqori temperaturali kvars yer tomirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlik buyumlari uchun ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy olish uchun xomashyo hisoblanadi. Akvamarinning qiymati uning vazni, rangi, kesilishi yoki tiniqligi bilan belgilanadi.
Qazib olinishi Akvamarinni Afgʻoniston, Xitoy, Keniya, Pokiston, Rossiya, Mozambik, Qoʻshma Shtatlar, Braziliya, Nigeriya, Madagaskar, Zambiya, Tanzaniya, Shri-Lanka, Malavi, Hindiston, Zimbabve kabi mamlakatlarda topish mumkin. Minas-Jerais shtati akvamarin qazib olinuvchi asosiy manba hisoblanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Javohirlar Turkum:Berill guruhi