Aniqlovchi — Gap boʻlaklari bosh boʻlaklar va ikkinchi darajali boʻlaklarga boʻlinadi .Bosh boʻlaklarga ega va kesmlar kiradi. Ikkinch darajali boʻlaklarga esa toʻldiruvch aniqlovchi va hol kiradi .Aniqlovchi shaxs-narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati) ni va kimga qarashli ekanini aniqlab keladi. Yozuvda aniqlovchining tagiga toʻlqinli chiziq chiziladi. Aniqlovchining uch turi mavjud: 1) izohlovchi aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi, mansabi, unvoni, qarindoshligi (masalan, oʻzbek shoiri Furqat); 2) sifatlovchi aniqlovchi (masalan, keksa togʻlar); 3) qaratuvchi aniqlovchi — belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (masalan, suvning beti yoki suv beti). U qanday? qanaqa? qaysi? nechanchi?qancha? nechta? kimning? nimaning?,qayerning? qayerdagi? qachongi? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Aniqlovchi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.