thumb|right|200px|André Antoine (1893) André Antoine (1858.31.1, Limoj — 1943-yil, 10-sentyabr, Puligen) — fransuz aktyori, rejissori, teatr nazariyotchisi. Erkin teatr (1887—94), Antuan teatri (1897—1906) ni tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan. 1906 — 14 yillarda André Antoine „Odeon“ teatrida direktorlik, rejissorlik qildi. Teatr tanqidi va kino sanʼati bilan shugʻullandi. André Antoine teatrning xalqchil va haqqoniy boʻlishi uchun kurashdi. André Antoinening estetik qarashlari, xususan, uning aktyorlik faoliyatida toʻlaligicha namoyon boʻldi. Asosiy rollari: Akim („Zulmat hukmronligi“), Osvald („Sharpa“), Kuzovkin („Tekinxoʻr“). U Erkin teatr artistlari bilan Yevropa va Rossiya boʻylab gastrolda boʻldi. André Antoinening „Kundaliklar“ kitobi nazariy va tarixiy qimmatga ega.
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1858-yilda tugʻilganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:9-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Fransiyalik erkak aktyorlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:1906-yilda vafot etganlar