Salima Asqarova (1922.29.5 – Toshkent – 1997.16.4) – mikrobiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973). Tolali oʻsimliklar tajri-ba stansiyasi (1956 – 1958), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti (1960 – 1963) direktori, Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1971 – 1983), shu institutda biologiya kafedrasi mudiri (1983 – 1986), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy konsultant (1988-yildan). Ilmiy ishlari aktinomitsetlarning hayot faoliyatiga, ularning Oʻzbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomitsetlar-antagonistlar tarqalishining amaliy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning gʻoʻza kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar)ning qoʻzgʻatuvchilari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganishga bagʻishlangan. Shuhrat medali bilan mukofotlangan (1995).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:29-mayda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:16-aprelda vafot etganlar